Ilon Mask Tramp maʼmuriyatiga qaytadi
U Pentagonning istiqbolli qurollarni ishlab chiqish dasturiga mutasaddi boʻladi.

Ilon Mask Tramp maʼmuriyatiga qaytadi
Tadbirkor Ilon Mask Oq uy maʼmuriyatiga maslahatchi sifatida qaytadi, deb maʼlum qildi mudofaa vaziri Pit Hegset.
Mask Pentagonning istiqbolli qurol va tizimlarni ishlab chiqish hamda joriy etishga qaratilgan «Meridian loyihasi» tadqiqot dasturiga rahbarlik qiladi.
Hegsetning aytishicha, loyihaning asosiy maqsadi — AQSH hukmronlik qilishi kerak boʻlgan harbiy yoʻnalishlarni va «egallanishi zarur boʻlgan imkoniyatlarni» tahlil qilishdir.
Ilon Mask Donald Tramp prezidentlik lavozimiga qaytganida uning atrofidagi eng nufuzli shaxslardan biri edi. Tadbirkor bir necha oy davomida Hukumat ishini optimallashtirish departamentiga (DOGE) boshchilik qildi, biroq tez orada u va Tramp oʻrtasida ochiq mojaro yuzaga keldi. Shundan keyin Mask maʼmuriyatni tark etdi.
2026-yil yozida Amerika ommaviy axborot vositalari Tramp va Mask munosabatlarni qayta tiklagani haqida yozgan edi. Xabarlarga koʻra, tadbirkor Kongressga saylovlar oldidan Respublikachilar partiyasini moliyalashtirishni qayta boshlashni rejalashtirmoqda.

