Dunyo

Ilon Mask insoniyatning qirilib ketish xavfidan ogohlantirdi

**Ilon Mask insoniyatning yo‘q bo‘lib ketish xavfi haqida ogohlantirdi**

Amerikalik milliarder tadbirkor Ilon Mask tug‘ilish darajasining pasayishi sababli insoniyatning yo‘q bo‘lib ketish ehtimoli borligini ta’kidladi.

"Insoniyat yo‘qolib bormoqda", deb yozdi Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

U bu fikrni Freeze ismli X foydalanuvchisining Singapurdagi tug‘ilish ko‘rsatkichlari haqidagi postiga javoban bildirdi. Post muallifining yozishicha, 2025-yilda mamlakatda tug‘ilish koeffitsiyenti rekord darajada – 0,87 ga tushib ketgan.

Postda Singapur hukumatining tug‘ilishni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rayotgan choralari ham tasvirlangan. Jumladan, mamlakat rasmiylari oilalarga moliyaviy yordam bermoqda, ota-onalar ta’tilini uzaytirmoqda, uy-joy imkoniyatlarini oshirmoqda hamda bolalar parvarishini subsidiyalamoqda.

Avgust oyi boshida Singapur bosh vaziri Lourens Von rekord darajadagi past tug‘ilish fonida yangi to‘lovlar, uzaytirilgan ta’til va qo‘shimcha uy-joy imtiyozlarini e’lon qilgan edi.

Endi Singapur fuqarosi bo‘lgan har bir bola 17 yoshgacha oilani qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari doirasida jami 70 ming Singapur dollariga yaqin (taxminan 55 ming AQSH dollari) yordam olishi mumkin. Bunga naqd pul to‘lovlari, ta’lim grantlari va boshqa choralar kiradi.

Ishlaydigan ota-onalar uchun ta’til muddati uzaytiriladi: 12 yoshgacha bo‘lgan bir bola uchun 8 kungacha, ikki bola uchun 10 kun va uch yoki undan ko‘p bola uchun 12 kun ajratiladi. Subsidiyalanadigan bolalar bog‘chasi narxi oyiga 150 Singapur dollarigacha tushiriladi. Farzandli oilalar davlat uy-joylarini taqsimlashda ham qo‘shimcha imtiyozlarga ega bo‘ladi.

Yangi choralar yomonlashayotgan demografik vaziyat fonida qabul qilindi. 2025-yilda Singapurda umumiy tug‘ilish ko‘rsatkichi rekord darajadagi 0,87 gacha tushib ketdi. Shu bilan birga, 2026-yilda mamlakat aholisining taxminan beshdan bir qismini 65 yosh va undan katta yoshdagilar tashkil etishi mumkin. Aprel oyida Yevrostat 2100-yilga borib Yevropa aholisi 11,7 foizga yoki 53 million kishiga kamayishini bashorat qilgan edi.

Aprel oyida OpenAI va uning rahbari Sem Altman bilan bo‘lgan sud majlisida Mask sun’iy intellektning nazoratsiz rivojlanishi ham insoniyatning halokatiga olib kelishi mumkinligini aytgan edi. Tesla va SpaceX rahbari SI insoniyatni yo‘q qilish potentsialiga ham, uning eng buyuk quroliga aylanish imkoniyatiga ham ega ekanini ta’kidlagan.

"U barchamizni o‘ldirishi mumkin. Biz hammasi 'Terminator' kabi emas, balki Jin Roddenberrining 'Yulduzli yo‘l' (Star Trek) filmi kabi tugashini xohlaymiz", degan edi milliarder.

Avvalroq Maskka tegishli SpaceX kompaniyasining IPO’si uning boyligini 1 trillion dollardan oshirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, SpaceX aksiyalarining birlamchi joylashtirilishi yakunlangach, Maskning kompaniyadagi ulushi qariyb 866 milliard dollarga baholanadi. Tesla va boshqa aktivlarini ham qo‘shganda, uning umumiy boyligi 1,1 trillion dollardan oshishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.