«Ikkinçi imkon» umummilliy loyihasi mahkumlar taqdirini qanday özgartirmoqda?
Davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan joriy qilingan «Ikkinçi imkon» loyihasi özining ilk natijalarini bera boşladi. Loyihaga jalb etilgan mahkumlarning ingliz tilini özlaştiriş darajasi örtaça 89 foizni taşkil etadi. Bundan taşqari, tinglovçilarning 80 foizi “Kompyuter savodxonligi” kursini muvaffaqiyatli özlaştirgani loyihaning amaliy samaradorligi yuqori ekanidan dalolat.

«Ikkinchi imkon» umummilliy loyihasi mahkumlar hayotini qanday o‘zgartirmoqda?
Hozirda respublikaning 11 ta jazoni ijro etish muassasasida 18-30 yosh oralig‘idagi 300 dan ortiq mahkum ingliz tili va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rganmoqda. Qisqa muddat — besh oylik faoliyat davomida erishilgan dastlabki natijalarning o‘ziyoq loyihaning qanchalik samarali ekanini ko‘rsatmoqda.
Loyiha doirasidagi mashg‘ulotlar 2026-yil 1-iyundan Toshkent, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida boshlandi. Test sinovlari va og‘zaki suhbat orqali saralab olingan 311 nafar mahkum o‘tgan davr mobaynida xorijiy til hamda kompyuter savodxonligi kurslari bo‘yicha intensiv tahsil oldi.
Ingliz tilining “A1” darajasi va “Kompyuter savodxonligi” kurslari bo‘yicha yakuniy nazorat o‘tkazildi. Natijalar tinglovchilarning 88,6 foizi ingliz tili, 79,5 foizi kompyuter savodxonligi bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirganini ko‘rsatmoqda.
Eng yuqori natijalar Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida qayd etildi: jumladan, Qashqadaryoda ingliz tilining “A1” darajasini o‘zlashtirish 96,6 foizni, kompyuter savodxonligi bo‘yicha esa 98,3 foizni tashkil etdi. Navoiyda bu ko‘rsatkich mos ravishda 98,9 hamda 87,5 foizga teng bo‘ldi.
Mahkumlarning bilim darajasi ularga dars bergan mutaxassislar tomonidan aniqlanmaydi. Xolislik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida jarayonga alohida ekspertlar jalb qilinib, nazorat sinovlari maxsus platformada har oyda o‘tkazib kelinmoqda.
Jazoni ijro etish muassasalari orasida 100 foizlik natijaga erishganlari ham bor. Xususan, Qiziltepadagi 5-son hamda Qarshidagi 3-son koloniyalarda ikkala kurs bo‘yicha o‘zlashtirish 100 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichlar tinglovchilarning ta’limga naqadar jiddiy yondashayotganini hamda ushbu loyihani kelajakni o‘zgartirish yo‘lidagi chinakam imkoniyat sifatida qabul qilayotganini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2026-yilning 24-fevral kuni «Ko‘ksaroy» qarorgohida yoshlar bilan o‘tkazgan muloqotda jazo muddatini o‘tayotgan yoshlarning jamiyatga tez moslashishi muhimligini ta’kidlab, «Ikkinchi imkon» umummilliy loyihasi boshlanishini e’lon qilgan edi. Shu yilning 27-mart kuni esa bu haqda tegishli qaror (PQ–117-son) qabul qilindi.
Qaror ikki maqsadga: ozodlikka chiqqan inson ishsiz va tayanchsiz qolmasligi, shuningdek, takroran jinoyat sodir etilishining oldi olinishiga qaratilgan. Bu loyiha birgina xato sabab insonning kelajagiga nuqta qo‘yilmasligi kerak, degan ezgu g‘oyaga asoslangan. Chunki haqiqiy adolat faqat jazolashda emas, balki insonga to‘g‘ri yo‘lga qaytishi uchun imkoniyat berishda namoyon bo‘ladi.

