Mahalliy

Ikki ayol Oʻzbekistondan 240 ming dollarni olib chiqib ketishga urindi

Toshkent viloyatidagi «Navoiy» bojxona postida 240 ming dollarni olib chiqib ketishga uringan qoʻshni davlatning ikki nafar fuqarosi qoʻlga olindi.

Qoʻshni davlatning ikki nafar fuqarosi naqd pullarni kiyimlari ostiga yashirib, skotch bilan boldirlariga yopishtirgan holda Oʻzbekistondan 240 ming dollar olib chiqib ketishga urindi.

Ayollar Toshkent viloyatidagi «Navoiy» chegara bojxona postida qoʻlga olindi, deb xabar berdi Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.

Bojxona koʻrigi davomida qoʻlga olinganlarning biridan 80 ming dollar, ikkinchisidan esa 160 ming dollar topilgan. Kupyuralar skotch bilan boldir sohasiga oʻralib, kiyim ostiga yashirilgan boʻlgan.

Yashirilgan naqd pullarni bojxonachilar yoʻlovchilarni tekshirish vaqtida aniqlashgan. Qoʻmita tomonidan eʼlon qilingan videokadrlarda ayollarning oyoqlaridan briketlarga qadoqlangan pul kupyuralari bogʻlamlari yechib olinayotgani aks etgan.

Aniqlangan naqd xorijiy valyutaning umumiy miqdori 240 ming dollarni tashkil etdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.