Mahalliy

O‘zbekistondan 240 ming dollarni oyoqlariga skotchlab olib chiqib ketishga uringan shaxslar ushlandi

O‘zbekistondan oyoqlariga skotch o‘rab 240 ming dollar olib chiqishga uringanlar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara-bojxona posti orqali qo‘shni davlatga katta miqdordagi valyutani noqonuniy olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bojxona va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda qo‘shni davlatga piyoda chiqib ketayotgan ikki nafar fuqaroning harakatlari shubha uyg‘otgan. Shundan so‘ng ular xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Natijada ushbu shaxslarning oyoqlariga skotch bilan o‘rab yashirilgan, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan jami 240 ming dollar miqdoridagi naqd xorijiy valyuta aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatida bolalardan foydalanib oltin va 40 ming dollarni noqonuniy olib chiqishga urinish fosh etilgandi. Shuningdek, mamlakatda naqd valyutani deklaratsiyasiz olib chiqish miqdori 10 ming dollar etib belgilanishi xabar qilingandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.