Mahalliy

O‘zbekistonga kirish vizasi uchun 31 ming dollar talab qilganlar ushlandi

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

O‘zbekistonga kirish vizasini berish evaziga 31 ming dollar so‘ragan shaxslar qo‘lga olindi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 3 nafar chet el fuqarosiga O‘zbekiston hududiga kirish vizalarini tanishlari orqali noqonuniy rasmiylashtirib berish evaziga 31 200 AQSh dollari olgan vaqtida Toshkent shahrida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, ushbu shaxs pul mablag‘ining 4200 dollarini o‘zida qoldirib, qolgan 27 ming dollarini poytaxtda istiqomat qiluvchi, 1960-yilda tug‘ilgan fuqaroga berishi kerak bo‘lgan. Tezkor tadbir davomida, ushbu fuqaro ham 27 ming dollarni olgan vaqtida DXX va IJQK Departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.