“Işga kirişning Jekpot'i bor” – Qumqörğonda maktab direktori farroşlik uçun $ 2 000 pora söradi
Surxondaryo viloyatining Qumqörğon tumanidagi 83-sonli maktab direktori farroş sifatida 0,5 ştat birligida işga qabul qiliş uçun 1 500 dollar pora talab qilgan. U agar yana 0,25 ştat birligi oçib, qöşib beradigan bölsa, “narx” 2 000 dollar bölişini bildirgan. Direktor undan iş sörab kelgan ayoldan 1 900 dollar hamda 1,2 mln söm pulni pora tariqasida olgan vaqtida tezkor tadbirda uşlangan.

“Ishga kirishning Jekpot'i bor” – Qumqo‘rg‘onda maktab direktori farroshlik uchun $2 000 pora so‘radi
Qumqo‘rg‘onda farroshlikka ishga qabul qilish evaziga pora olgan maktab direktori jinoiy jazoga tortildi.
Sud hukmida keltirilishicha, 40 yoshli S.K. (ayol) Qumqo‘rg‘on tumanidagi 83-sonli maktab direktori lavozimida ishlab kelgan. U ish so‘rab kelgan L.T.dan maktabga 0,5 shtat birligida farrosh sifatida ishga qabul qilish evaziga 1 500 dollar talab qilgan.
Shuningdek, Qumqo‘rg‘on tumani maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi mansabdor shaxslari orqali yana 0,25 shtat birligi ochib, qo‘shib berishi mumkinligini, buning uchun bo‘lim mansabdor shaxslariga 400-500 dollar pora berilishi lozimligini aytgan.
Shu tariqa, direktor L.T.dan 0.75 shtat birligida farroshlikka ishga qabul qilish uchun 2 ming dollar so‘ragan. Kelishilgan pulni 1 900 dollar va 1,2 mln so‘m ko‘rinishida olgan vaqtida tezkor tadbirda ushlangan.
S.K. sudda aybiga iqror bo‘lgan hamda qilmishiga pushaymonlik bildirib, suddan yengillik so‘ragan.
Sudda jabrlanuvchi L.T.ning ham ko‘rsatmasi tinglangan.
Direktorga ishga kirishim kerakligini, lekin diplomim yo‘qligini bildirdim. S.K. ishga olishini, lekin ishga olish o‘zidan-o‘zi bo‘lmasligini, jekpoti borligini aytdi. Farrosh sifatida ishga olish uchun 2 000 dollar atrofida pul ketishini maʼlum qildi
Maktab direktorining aybi guvohlar ko‘rsatmasi hamda boshqa dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topgan.
JIB Qumqo‘rg‘on tuman sudining 2026-yil 11-sentabrdagi hukmi bilan S.K. Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 1-qismi hamda 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga 1,5 yil muddatga davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
S.K.ga kafe, bar, restoranlarga bormaslik hamda boshqa ommaviy tadbirlarda ishtirok etmaslik, ruxsatsiz Surxondaryo viloyati hududidan chiqmaslik majburiyatlari yuklatilgan.

