MTM direktori va o‘rinbosari ishga kiritish uchun pul olayotganda ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qonliko‘l tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida

MTM direktori va o‘rinbosari ishga kiritish uchun pul olayotganda qo‘lga olindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida MTM direktori va uning o‘rinbosari ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qonliko‘l tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Nukus shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasi direktori K.R. fuqaro G.R.ni logoped lavozimiga ishga qabul qilgani evaziga 20 mln so‘mni K.R.ning topshirig‘iga binoan direktor o‘rinbosari R.K. xizmat xonasida olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

