Husiylar Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi binosiga zarba berganini maʼlum qildi
Husiylar Saudiya Arabistonidagi harbiy va energetika obyektlariga, şuningdek, aeroportlarga hujum qilganini daʼvo qilmoqda. Harakat vakillari Ar-Riyozdagi Mudofaa vazirligi binosi va bir qator harbiy obyektlar nişonga olinganini aytgan.

Husiylar Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi binosiga zarba berganini maʼlum qildi
Yamanning «Ansorulloh» isyonchi harakati (husiylar) Ar-Riyozda joylashgan Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi binosiga raketa zarbasi berganini eʼlon qildi.
Bu haqda husiylarning harbiy qanoti vakili, brigada generali Yahyo Soria maʼlum qildi. Uning aytishicha, ballistik raketa aniq nishonga tekkan.
Bundan tashqari, husiylar Saudiya Arabistonining janubi-gʻarbidagi Abxa xalqaro aeroportiga dron yordamida hujum uyushtirgani, buning natijasida aviaqatnovlar izdan chiqqani haqida xabar berdi. Shuningdek, Ras-Tannuradagi neftni qayta ishlash zavodi ham oqqa tutilgan.
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi husiylar tomonidan Ar-Riyoz tomon uchirilgan ikkita ballistik raketa urib tushirilgani haqida maʼlum qildi. Saudiya Arabistoni fuqaro mudofaasi boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, raketa parchalari bino, qurilayotgan obyekt va avtomobilga zarar yetkazgan, shu bilan birga, qurbonlar va jarohatlanganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan.
Husiylar, shuningdek, Najron shahri aeroportida va Xamis-Mushayt aviabazasida joylashgan ikkita harbiy-transport samolyotiga ballistik raketalar bilan zarba berganini maʼlum qilib, hujumlar belgilangan maqsadlariga yetganini taʼkidladi.

