Texnologiya

“Hududgazta’minot”da yosh startapchilar uchun Catalyst dasturi oʻtkazildi

“Hududgazta’minot” AJda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda StartupFest loyihasining Catalyst dasturi oʻtkazildi. Unda yosh startapchilar, dasturchilar va kiberxavfsizlik mutaxassislari ishtirok etib, gaz taʼminoti tizimida qoʻllanayotgan ish jarayonlari bilan tanishdi. Dastur doirasida sunʼiy intellekt, GPS va boshqa raqamli texnologiyalarga asoslangan bir qator loyihalar ishlab chiqildi.

“Hududgazta’minot”da yosh startapchilar uchun Catalyst dasturi oʻtkazildi

Yakunlarga koʻra, toʻrtta startapga “Hududgazta’minot” bilan pilot loyihalarni amalga oshirish imkoniyati berildi.

Bugungi kunda gaz taʼminoti tizimida xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, ish jarayonlarini raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha yangi yechimlarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda.

Shu maqsadda “Hududgazta’minot” AJda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda StartupFest loyihasining Catalyst dasturi yoʻlga qoʻyildi.

Tadbirda yosh startapchilar, dasturchilar va kiberxavfsizlik mutaxassislari qatnashdi. Avvaliga ishtirokchilarga kompaniyaning real ish jarayonlari hamda foydalanilayotgan axborot tizimlari namoyish etildi.

Keyin ular tizimdagi mavjud vazifalar bilan tanishib, aniq ish jarayonlari asosida texnologik yechimlar ishlab chiqishga kirishdi.

Uning taʼkidlashicha, bundan avval ham yoshlar tomonidan gaz taʼminoti tizimida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan turli gʻoyalar ilgari surilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.