Hello Kitty, Minni Maus hamda boshqa sevimli multfilm qahramonlari haqida ajoyib faktlar

Hello Kitty, Minni Maus hamda boshqa sevimli multfilm qahramonlari haqida qiziqarli faktlar
Ko‘plab multfilmlarda qahramonlar haqida qiziq faktlar yashiringan bo‘ladi va ularni faqat katta bo‘lgandan keyingina bilib olish mumkin. Quyida hammaga sevimli bo‘lgan multfilm qahramonlari haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni keltiramiz.
“Gubka Bob”
Mazkur multfilm qahramonlari yashaydigan suvosti shahri — Bikini Bottom AQSH sovuq urush davrida yadroviy sinovlar uchun foydalangan Tinch okeanidagi haqiqiy atoldan ilhomlangan.
Skvidvard (squid) nomi ko‘pchilikni chalg‘itgan, ammo aslida u kalmar emas. Ma’lum bo‘lishicha, oltita paypaslagichi bo‘lishiga qaramay, Bobning qo‘shnisi sakkizoyoq — bunga uning boshi katta ekani dalil. Aytgancha, bosh suyagining kattaligi qahramonning yuksak aql-zakovatli mavjudot ekanini ko‘rsatadi.
Hello Kitty
Mazkur personajni yaratgan “Sanrio” kompaniyasi xodimlariga ko‘ra, Hello Kitty’ning bo‘yi besh santimetrga, vazni esa uch kilogrammga yetadi. Qahramon 1-noyabrda tug‘ilgan (burji Chayon), u pianinochi yoki shoira bo‘lishni orzu qiladi.
“Blyu topishmoqlari”
Shou ijodkorlaridan biri — Anjela Santomero — avval unga “Janob Olovrang”, keyin esa “Janob Moviy” deb nom beradi. Biroq o‘sha paytda Nickelodeon shunday jonivor haqidagi multfilm ustida ish olib borayotgani sababli personaj itga aylantirilgan.
“Maxluqlar uyushmasi”
Kulgisi tomoshabinlar xotirasida abadiy saqlanib qoladigan qizning ismi aslida Meri edi. Bu ism sizga tanish tuyulishi mumkin, chunki qahramonga ovoz bergan aktrisaning ismi ham Meri.
Mikki Maus
Ma’lum bo‘lishicha, bosh qahramonning dugonasi — Minni Mausning laqabi uzunroq ekan. Uning ismi Minerva. Unga 1942-yildayoq shu ism berilgan.

