Dunyo

Harbiy safarbarlik haqidagi mish-mishlar fonida rossiyalik amaldorlar boyliklarini xorijga koʻchirishga urinmoqda — Bloomberg

Harbiy safarbarlik haqidagi mish-mishlar kuchaygan bir paytda rossiyalik amaldorlar boyliklarini xorijga olib chiqishga urinmoqda — Bloomberg

So‘nggi oylarda Rossiyaning yuqori martabali amaldorlari mamlakatda yangi safarbarlik boshlanishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar fonida xorijiy banklarda hisob raqamlar ochib, o‘z aktivlarini chet elga ko‘chirishga harakat qilmoqda. Bu haqda Bloomberg jurnalistlar qo‘liga tushgan ayrim hujjatlarga tayangan holda xabar berdi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya harbiy komissariati xodimlari ham xuddi shunday yo‘l tutmoqda. Bundan tashqari, ular do‘stlari va qarindoshlariga ham mamlakatni tark etishni maslahat bermoqda.

Bir necha haftadan beri Rossiyada Davlat dumasi saylovlaridan keyin urushga yangi safarbarlik e’lon qilinishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu mavzuda OAV va Ukraina rasmiylari muntazam fikr bildirmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning da’vo qilishicha, Rossiya hukumati kuzda 300 ming kishini safarbar etishni rejalashtirayotgan bo‘lishi mumkin.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunga munosabat bildirib, Ukraina rasmiylari Rossiyada ehtimoliy safarbarlik haqidagi bayonotlari bilan mamlakatdagi vaziyatni “mafkuraviy jihatdan beqarorlashtirishga” urinayotganini aytdi.

Vladimir Putin esa “bugungi kunda safarbarlikni talab qiladigan ssenariy yo‘q” deya mish-mishlarga izoh bergan. U bunday xabarlarni “mutlaqo bema’nilik” va Rossiyaga qarshi “axborot hujumi” deb atagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.