“Hamma imkoniyat bor. Faqat harakat qilish kerak” — xorazmlik tadbirkor
Jamoliddin Roʻzmetov bugun yanada kattaroq maqsad qoʻygan — Xorazm baligʻini dunyoga tanitish. Uning aytishicha, xorijlik

“Hamma imkoniyat bor. Faqat harakat qilish kerak” — xorazmlik tadbirkor
Xivada Jamoliddin Roʻzmetovni koʻpchilik “Jamol baliqchi” nomi bilan biladi. Ilgari kichik bir joyda ish boshlagan bu tadbirkor bugun kuniga 200–250 kg, mavsum davomida esa yarim tonnagacha baliq sotmoqda.
U oʻzining bugungi yutuqlari haqida soʻzlar ekan, Prezidentning odamlar dardini eshitish va tadbirkorlarga imkoniyat yaratish siyosati hayotida nimani oʻzgartirganini sodda tarzda tushuntirib berdi.
Jamoliddin Roʻzmetovning bugungi yana bir katta maqsadi — Xorazm baligʻini dunyoga tanitish. Uning aytishicha, xorijlik sayyohlar ham bu yerga kelib, Xorazm baligʻini sevib isteʼmol qilmoqda.
Biroq tadbirkor uchun bu mehnatning eng katta samarasi faqat daromad yoki kengaygan biznes emas. Uning uch qizi ham bugun institutda tahsil olmoqda. Ota ularning kontraktini toʻlab, oʻzi erishmagan imkoniyatni farzandlariga berishga harakat qilyapti.
“Qayerdan boʻlsa ham topib qizlarimni oʻqitaman. Oliy maʼlumotli boʻlsin. Bizlar oʻqimadik, ular oʻqisin”, — dedi tadbirkor.
Bu — Prezidentning tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash siyosati oddiy inson hayotini qanday oʻzgartirayotganiga bir misol. Kecha kichik joyda boshlangan ish bugun kuniga yuzlab kilogramm mahsulot sotiladigan biznesga aylandi. Endi maqsad ham katta — Xorazm baligʻini dunyoga tanitish. Eng muhimi, shu mehnat ortidan uch nafar qiz bugun oliy taʼlim olmoqda.

