Gulistondagi portlash: 6 kishi halok boʻlgan hodisa yuzasidan hukm oʻqildi
Guliston shahrida mahalliy aholi orasida “Bek” choyxonasi nomi bilan tanilgan ovqatlanish shoxobchasida gazballoni portlagan. Oqibatda 6 kishi halok boʻlgan. Ekspertiza xulosasiga koʻra, choyxonada xizmat muddati oʻtgan gazballonlardan foydalanilgan. Jinoyat ishi boʻyicha 6 kishi sudlandi.

Gulistondagi portlash: 6 kishi halok boʻlgan voqea yuzasidan hukm eʼlon qilindi
Guliston shahridagi ovqatlanish shoxobchasida yuz bergan portlash ishi bo‘yicha 6 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi.
“Xizmat muddati oʻtgan”
Sud hukmiga ko‘ra, aholi orasida “Bek” choyxonasi nomi bilan tanilgan ovqatlanish shoxobchasida ishlatilgan gazballonlarning xizmat muddati allaqachon tugagan bo‘lgan.
Qayd etilishicha, choyxona egasi
2000
(2015-yildan buyon texnik tekshiruvdan oʻtkazilmagan),
2010
(2015-yildan buyon texnik tekshiruvdan oʻtkazilmagan),
2013
(2018-yildan buyon texnik tekshiruvdan oʻtkazilmagan) va
2018-yilda
(2023-yildan buyon texnik tekshiruvdan oʻtkazilmagan) ishlab chiqarilgan gazballonlardan foydalangan.
MChJda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, masʼullar uning bajarilishini nazorat qilmagan.
Sudga oid kompleks ekspertiza xulosasiga ko‘ra, oshxonada 2010-yil avgust oyida ishlab chiqarilgan va 2015-yildan buyon texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan gazballon portlagan. Yaʼni gazballon issiqlik harorati taʼsirida yorilib, undan gaz sizib chiqqan. Ovqat pishirish qozoni o‘chog‘idagi alanga issiqlik manbai sifatida portlashga sabab bo‘lgani qayd etilgan.
“Zapravka”da toʻldirilgan”
Gazballonlar hodisadan bir kun oldin, yaʼni 2025-yil 1-dekabr kuni avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida to‘ldirib kelingan.
O‘sha kuni MCHJ rahbari topshirig‘i bilan xo‘jalik bo‘limi yordamchilari oshxonadagi 4 ta gazballonni Damas mashinasiga yuklab, avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasiga olib borishgan. Mazkur AGTSH maishiy gazballonlariga suyultirilgan gaz sotish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan. Shunga qaramay, shoxobcha xodimlari xizmat muddati oʻtgan gazballonlarni to‘ldirib bergan.
2025-yil 2-dekabr kuni ertalab jamiyatning xo‘jalik bo‘limi yordamchilari gazballonlarni oshxonada gaz plita va qozonlarga ulab bergan. Oshpazlar ulardan foydalanib, ovqat tayyorlashga kirishgan. Soat 10:50 da qozonlardan biriga ulangan gazballon portlagan.

