Dunyo

Grinkevich: Moskvaning Yevropani qoʻrqitish strategiyasi ish bermayapti

Rossiyaning Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi diversiya kampaniyasi ularni Ukrainaga yordam berishdan voz kechishga majbur qila olmadi. NATOning Yevropadagi birlashgan qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Aleksus Grinkevich bunday harakatlarga javoban Moskvaning masʼuliyatini ochiq koʻrsatish va Kiyevni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga chaqirdi.yayaya

Grinkevich: Moskvaning Yevropani qoʻrqitish strategiyasi samara bermayapti

DW xabariga ko‘ra, Grinkevich bu haqda 28-sentabr, dushanba kuni Yevropa parlamentining xavfsizlik va mudofaa qo‘mitasi a’zolari oldida so‘zlaganida aytgan.

Uning ta’kidlashicha, Rossiyaning Yevropa Ittifoqi davlatlarida amalga oshirayotgan diversiyalari kutilgan natijani bermagan. Bu harakatlarning maqsadi Yevropa mamlakatlarini qo‘rqitish va ularning Ukrainaga yordamini to‘xtatishga erishish bo‘lgan.

Shu bilan birga, Grinkevich bunday diversiyalar tobora «surbet» tus olayotganini qayd etgan. U misol sifatida avgust boshida Leypsig aeroportida portlovchi modda o‘rnatilgan uchuvchisiz uchish apparati topilganini hamda sentabr o‘rtalarida Rossiya fregati Daniya harbiy vertolyoti tomon signal raketalarini otganini eslatgan.

«Bular qo‘rquv uyg‘otish va Ukrainani birgalikda qo‘llab-quvvatlashimizni izdan chiqarishga urinishning yaqqol misollaridir. Bu ish bermayapti», - degan NATO bosh qo‘mondoni.

U Daniya bilan bog‘liq hodisadan keyin Kopenhagen, aksincha, Kiyevga qo‘shimcha yordam ajratganiga e’tibor qaratgan.

«Agar mamlakatingiz gibrid hujumga uchrasa, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasidagi qat’iyatni kuchaytirish rossiyaliklarga ularning strategiyasi ish bermayotganini ko‘rsatadi va, ehtimol, ularni bu strategiyadan voz kechishga majbur qiladi», - deya qo‘shimcha qilgan Grinkevich.

Grinkevichning fikricha, Rossiya tomoni amalga oshirayotgan diversiyalar va vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan boshqa harakatlarga eng samarali javob — ular uchun Moskvani ochiq ayblash hamda Ukrainaga yordamni kuchaytirishdir.

«Bu ma’lumotlarni oshkor qilish bunday harakatlarga homiylik qilayotgan davlatlarga ularning qilmishlaridan xabardor ekanimizni anglatadi va bunday operatsiyalarning ular uchun bahosini oshiradi», - degan u.

Bosh qo‘mondonning tushuntirishicha, ochiq ayblovlardan so‘ng bunday davlatlar o‘z tarmoqlari samara bermayotganini va xatti-harakatlarini o‘zgartirishi zarurligini anglaydi. Uning bahosicha, buning o‘zi ham muayyan tiyib turuvchi ta’sirga ega.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.