Dunyo

Gretsiyada 15 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişi taqiqlanmoqda

Uşbu taqiq közda tutilayotgani haqida mamlakat boş vaziri Kiriakos Mitsotakis aprelda maʼlum qilgan, buni bolalarning ruhiy salomatligi borasidagi xavotirlar bilan izohlagandi.

Gretsiyada 15 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanmoqda

Gretsiyada 2027-yil 1-yanvardan boshlab 15 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanadi. Mamlakat parlamenti bu haqdagi qonun loyihasini ma’qulladi.

Loyiha davlat vaziri Akis Skersos tomonidan kiritilgan bo‘lib, plenar yig‘ilishda uni deputatlarning aksariyati qo‘llab-quvvatladi.

Ushbu taqiq ko‘zda tutilayotgani haqida Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis aprelda ma’lum qilgandi. U buni bolalarning ruhiy salomatligi borasidagi xavotirlar bilan izohlagandi.

Avvalroq Turkiyada 1-noyabrdan boshlab 15 yoshdan kichik bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi cheklanishi xabar qilingandi.

Bunday cheklov va taqiqlar Germaniya, Daniya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniyada ham joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.