
Eng muhimi — oʻz vaqtida
Tojikiston rasmiylari Xalqaro jinoiy suddan (XJS) chiqish masalasini koʻrib chiqmoqda. Oʻtgan haftada Parlament quyi palatasi (Vakillar palatasi) palata Kengashining navbatdan tashqari yigʻilishida «Xalqaro jinoiy sud Statutining amal qilishini tugatish toʻgʻrisida»gi qaror loyihasini koʻrib chiqdi, deb xabar berdi mamlakat parlamenti.
Yigʻilish haqida boshqa biror-bir tafsilotlar keltirilmagan. Tojikiston rasmiylari hozircha bu borada rasmiy bayonot bergani yoʻq.
Maʼlumki, Tojikiston Rim statutini 1998 yilda imzolagan, 2000 yilda esa ratifikatsiya qilgan. Respublika postsovet hududida va Markaziy Osiyoda Rim statutini ratifikatsiya qilgan birinchi davlat boʻlgan edi.
Alohida taʼkidlash joizki, XJS bir qator mojaroli voqealarga aralashib qolgan. Oxirgilaridan biri — jinsiy tegajogʻlikda ayblanayotgan prokuror Karim Xonning chetlatilishidir. Shundan soʻng, XJS Rim statutining bir nechta ishtirokchi davlatlari tashkilotning keyingi taqdirini muhokama qila boshladi. Bir qator mamlakatlar vakillari norasmiy maslahatlashuvlar oʻtkazdilar. Ular Karim Xon lavozimidan ketganidan keyin yuzaga kelgan qiyinchiliklardan chiqish yoʻllarini muhokama qilishdi.
Shu bilan birga, XJSda bosh prokurorni saylashga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Tartib-taomil Xon chetlatilganidan keyin boshlandi. Diplomatik manbaning xabar berishicha, tegishli idora saylov jarayonini tashkil etish boʻyicha batafsil hujjat tayyorlaydi. Ushbu qaror avgust oyi oʻrtalarida sudning nazorat organi yigʻilishida tasdiqlangan edi.
Manba

