Dunyo

G‘ayrioddiy tajriba: Niderlandiyada 9-noyabr kuni tomoshabinlar sevimli filmlarini unutishi uchun gipnoz qilinadi

Tomoshabinlarga sevimli filmlarini unutib, ularni ilk bor tomosha qilish taklif etiladi. Tashkilotchilar filmni ilk bor ko‘rgandagi his-tuyg‘uni qaytarishning iloji bor-yo‘qligini sinab ko‘rishmoqchi.

G‘ayrioddiy tajriba: Niderlandiyada 9-noyabr kuni tomoshabinlar sevimli filmlarini unutishi uchun gipnoz qilinadi

Niderlandiyadagi kinoteatrlar tarmog‘i noodatiy tajriba o‘tkazishni rejalashtirmoqda: tomoshabinlar ilgari ko‘rgan filmlarini unutib, ularni go‘yo birinchi marta tomosha qilayotgandek ko‘rishlari uchun gipnoz qilinadi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, seans 9-noyabr kuni Gaagadagi kinoteatrda bo‘lib o‘tadi.

Tajriba qatnashchilari “Matritsa”, “Yetti”, “La-La Lend” yoki “Interstellar” filmlaridan birini tanlashlari kerak. Ishtirok etish bepul, arizalar qabuli 29-oktyabrda yakunlangan.

Loyiha uchun 30 kishi saralab olinadi. Ularning har biri gipnoz bilan 30 yildan buyon shug‘ullanib kelayotgan gipnoterapevt Viktor Kremer bilan individual onlayn-sessiyadan o‘tadi. Namoyishdan bevosita oldin tomoshabinlar yana gipnoz holatiga kiritiladi. Tashkilotchilar filmni ilk bor ko‘rgandagi hissiyotlarni qaytarish mumkinmi-yo‘qmi, shuni sinab ko‘rmoqchi: filmni unutishning uddasidan chiqiladimi yoki yo‘q, buni hali aniqlash kerak bo‘ladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.