Mahalliy

FVV Yangi Toshkentdagi qurilish maydonida yuz bergan yongʻin tafsilotlarini maʼlum qildi

FVV Yangi Toshkentdagi qurilish maydonida yuz bergan yongʻin tafsilotlarini maʼlum qildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yangi Toshkentdagi qurilish obʼyektida sodir boʻlgan yongʻin tafsilotlarini ochiqladi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda hodisa joyidan olingan, quyuq qora tutun koʻringan tasvirlar tarqalgan edi.

Idora aniqlik kiritishicha, 8 sentyabr kuni 112 xizmatiga obʼyektning yuqori qismida qurilish materiallari yonayotgani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan yongʻin-qutqaruv ekipajlari yetib kelgan.

Yongʻin soat 15:40 da toʻliq bartaraf etilgan. Idora maʼlumotlariga koʻra, jabrlanganlar yoʻq.

Yongʻin sabablari aniqlanmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.