Mahalliy

Fuqaro Xalq qabulxonasiga yuborgan murojaatini oʻzi nazorat qiladigan boʻldi

Prezident qabulxonasiga murojaat yoʻllagan fuqaro tegishli tashkilotning javobidan qoniqmasa, “Eʼtirozim bor” tugmasini bosadi va uning murojaati ijroga qaytarilib, qayta koʻrib chiqiladi.

Fuqaro Xalq qabulxonasiga yuborgan murojaatini endi o‘zi kuzatib boradi

O‘zbekiston prezidentining Xalq qabulxonasiga (pm.gov.uz portali) yuborilgan murojaatlar bundan buyon murojaatchilarning o‘zi tomonidan nazorat qilinadi.

Xalq qabulxonasining ma’lum qilishicha, portalda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda SMS-xabarnoma xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Endilikda murojaatning har bir bosqichi haqida fuqaroga pm.gov.uz saytida joylashgan shaxsiy kabineti hamda SMS orqali ma’lumot berib boriladi. Buning uchun fuqaro shaxsiy kabinet orqali sozlamalarga kirib, kerakli bildirishnomalar SMS ko‘rinishida ham yuborilishini belgilab qo‘yishi lozim.

Murojaat yopilgani haqidagi SMS-xabarnomada maxsus havola bo‘ladi. Fuqaro ushbu havola orqali kirib, murojaatga tegishli tashkilot javobi bilan tanishadi va unga “Roziman” deb munosabat bildirishi yoki “Eʼtirozim bor” deb murojaatni qayta ijroga qaytarishi mumkin. Shu tariqa u o‘z murojaatini o‘zi nazorat qila oladi.

“Eʼtirozim bor” tugmasi bosilganda, fuqaro quyidagi sabablardan bir yoki bir nechtasini tanlaydi yoki o‘z eʼtirozini yozib qoldirishi mumkin:

Fuqaro murojaatga javobdan qoniqmagan holda “Eʼtirozim bor” deb belgilasa, murojaat ijroga qaytariladi va qayta ko‘rib chiqiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.