Dunyo

Fransiya AQSHni inson huquqlari bo‘yicha tanqid qilgani uchun uzr so‘radi

Fransiya AQSHni inson huquqlari bo‘yicha tanqid qilgani uchun uzr bildirdi

Fransiyaning Jenevadagi BMT huzuridagi doimiy vakolatxonasi AQSHning inson huquqlari siyosatini tanqid qilgan bayonotidan afsusda ekanini ma’lum qildi.

Gap Fransiya diplomatik missiyasining 25-iyul kuni X ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirgan posti haqida ketmoqda. Unda AQSH Rossiya va Shimoliy Koreya bilan birga BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Turkning vakolat muddatini uzaytirishga qarshi ovoz bergani tanqid qilingan.

“Bir vaqtlar AQSH inson huquqlari sohasida mayoq edi. Endi esa unday emas. Dunyo ham endi unga quloq solmayapti”, deyilgandi Fransiya missiyasi xabarida.

Bu bayonot Vashingtonning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan. Reuters yozishicha, shundan keyin AQSH delegatsiyasi Fransiya diplomati BMT Xavfsizlik kengashida nutq so‘zlayotgan paytda majlisni namoyishkorona tark etgan.

Bundan tashqari, AQSH davlat departamenti Fransiyaning Vashingtondagi yangi elchisini tayinlash jarayonini ham to‘xtatgan. Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro apparati rahbari Orelyen Leshevalye iyun oyining oxirida elchi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan va u Loran Bili o‘rnini egallashi kerak edi.

Biroq Vashington uning tayinlanishi uchun zarur bo‘lgan rozilikni berishni muzlatib qo‘ygan.

Fransiyaning BMT huzuridagi vakolatxonasi yangi bayonotida 25-iyuldagi post AQSHning inson huquqlariga rioya qilish borasidagi sadoqatini shubha ostiga qo‘ygani uchun afsus bildirganini aytdi.

Vakolatxona, shuningdek, kelishmovchilik inson huquqlarini himoya qilish masalasining o‘zi emas, faqat bitta ovoz berish bilan bog‘liq bo‘lganini ta’kidladi.

Vashington esa Fransiyaning bayonotini e’tiborga olganini bildirdi. AQSH Davlat departamenti vakili AFPga bergan izohida Vashington Fransiya bilan umumiy qadriyatlar va manfaatlarni ilgari surish borasida hamkorlik qilishdan mamnun ekanini aytdi.

O‘shanda Eron tashqi ishlar vazirligi diplomatlar Vena konvensiyasini buzganini ta’kidlagandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.