AQSH o‘zga sayyoraliklar paydo bo‘lgan taqdirda qanday harakat qilish bo‘yicha reja tuzdi

AQSH o‘zga sayyoraliklar paydo bo‘lsa, qanday yo‘l tutish bo‘yicha reja ishlab chiqdi
AQSH maxsus xizmatlari o‘zga sayyoraliklar paydo bo‘lganda qanday harakat qilish kerakligi yuzasidan reja tayyorlagan. Bu haqda amerikalik olimlarga maxsus xizmatlar rahbariyati bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qilingan. Shuningdek, AQSH o‘zga sayyoraliklar bilan aloqa o‘rnatishda dunyoda yetakchi bo‘lishni xohlamoqda.
Uchrashuv Milliy razvedka direktori idorasida o‘tkazildi. Unda maxsus xizmatlar vakillari hukumat tuzgan NUJlarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy kengashni qabul qildi. Kengash tarkibida psixolog doktor Jennis Vilhauer, Garvard universiteti astronomi professor Avi Lyob va immunologiya bo‘yicha tadqiqotchi professor Garri Nolan bor. Uchrashuvdan keyin Vilhauer Substack onlayn platformasida AQSHning o‘zga sayyoraliklar bo‘yicha rejasi haqida so‘zlab berdi.
Vilhauerning aytishicha, bu rejaning mavjudligi AQSH hukumati o‘zga sayyoraliklar borligini tan olganini anglatmaydi. Bu hukumat bunday bayonot berishga tayyorlanayotganini ham bildirmaydi. Biroq ekspertga ko‘ra, Vashington bunday ehtimolga juda jiddiy qaraydi.
“Birgina shuning o‘zi katta ahamiyatga ega”, deydi psixolog.
Chunki uning baholashicha, o‘zga sayyoraliklar bilan ilk muloqotning oqibatlari shu qadar jiddiy bo‘ladiki, bunga muvofiqlashtirilgan javob choralari kerak bo‘ladi.
Shu bilan birga, psixolog hech qanday tafsilot bermadi. Reja qaysi vaziyatlarda ishga tushishi? Qaysi idoralar qanday choralar ko‘rishi? Bularning barchasi noma’lum. Vilhauerning so‘zlariga ko‘ra, o‘zga sayyoraliklar borligi tasdiqlanishining ehtimoliy oqibatlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish lozim.
Politsiya xodimlari, o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ruhiy salomatlik mutaxassislari, din ulamolari, fuqaro muhofazasi xodimlari hamda mahalliy hokimiyat vakillarini o‘qitish talab etiladi. Bundan tashqari, ishonchli yordam punktlarini tashkil qilish zarur bo‘ladi. Ular jamoatchilikka axborot berish va dunyoqarashi o‘zgarib, qo‘rquvga tushgan odamlarga uzoq muddatli yordam ko‘rsatish uchun kerak.
Curiosity marsoxodi olgan suratda sayyorada muallaq turgan g‘alati figura aniqlangan. Atigi 13 soniya oldingi kadrda bu shakl yo‘qligi sababli, tarmoqda aql bovar qilmaydigan tezlikda harakatlanuvchi mavjudot haqidagi taxminlar va bahslar kuchaydi.

