Fizika boʻyicha Nobel mukofoti kosmik neytrinolarning kashf etilishi uchun berildi
Fizika boʻyicha 2026 yilgi Nobel mukofoti olim Frensis Xaltsenga «IceCube neytrino rasadxonasini yaratishga qoʻshgan hal qiluvchi hissasi va astrofizik kelib chiqishga ega yuqori energiyali neytrinolarni kashf etgani uchun» topshirildi.

Fizika boʻyicha Nobel mukofoti koinot neytrinolarining kashf etilishi uchun topshirildi
2026 yilgi fizika boʻyicha Nobel mukofoti laureati «IceCube neytrino observatoriyasi faoliyatiga qoʻshgan hal qiluvchi hissasi va astrofizik kelib chiqishga ega yuqori energiyali neytrinolarni kashf etgani uchun» Frensis Xaltsen (Medisondagi Viskonsin universiteti, AQSh) boʻldi. Bu haqda Nobel qoʻmitasi saytida maʼlum qilindi.
«Frensis Xaltsen Janubiy qutbdagi muzlardan neytrino deb ataluvchi zarrachalarni kuzatish uchun foydalanish mumkinligini tushunib yetdi. Uning uzoqni koʻra bilishi va ilmiy yetakchiligi yorugʻlik datchiklari bilan jihozlangan bir kub kilometrlik muzdan iborat IceCube neytrino observatoriyasini yaratishda asosiy rol oʻynadi. IceCube yordamida tadqiqotchilar uzoq Koinotdagi oʻta yuqori energiyali jarayonlarda hosil boʻladigan neytrinolarni qayd eta oladilar», — deyiladi xabarda.

