Dunyo

Fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti optogenetika ixtirosi uchun topshirildi

2026-yilgi fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Karl Deysserot, Peter Xegeman va Georg Nagelga 'yorug‘lik yordamida boshqariluvchi ion kanallari va optogenetika borasidagi kashfiyotlari uchun' berildi.

Fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti optogenetika ixtirosi uchun berildi

2026-yilgi fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari Karl Deysserot (Govard Xyuz tibbiyot instituti va Stenford universiteti, AQSh), Peter Xegeman (Berlindagi Gumboldt nomidagi universitet, Germaniya) hamda Georg Nagel (Vyursburg universiteti, Germaniya) bo‘ldi. Mukofot “yorug‘lik yordamida boshqariluvchi ion kanallari va optogenetikaga oid kashfiyotlar uchun” topshirilgani aytiladi.

“2026-yilgi fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti optogenetika — tirik miyada asab hujayralari xotira, his-tuyg‘u va xatti-harakatlarni qanday shakllantirishini ko‘rsatib berish imkonini beruvchi usul uchun topshirildi. Peter Xegeman va Georg Nagel bir hujayrali suvo‘tlarda noyob oqsil — kanalorodopsinni kashf etdi. Karl Deysserot esa ushbu oqsilni asab hujayralari uchun yorug‘lik vositasida boshqariladigan ulagichga aylantirdi. Laureatlar neyrobiologiyada yangi davrga asos soldi”, — deya ta’kidladi Nobel qo‘mitasi.

“Asab signallarini yorug‘lik yordamida boshqarishning mazkur usuli bugungi kunda optogenetika deb ataladi va u dunyo bo‘ylab jadal ommalashdi. Optogenetika yordamida tadqiqotchilar nevrologik va ruhiy kasalliklarga aloqador bo‘lgan muayyan xotiralar, his-tuyg‘ular hamda xulq-atvor ko‘rinishlari uchun mas’ul neyron zanjirlarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Klinik tibbiyotda ushbu usul ko‘rish qobiliyati zaiflashgan odamlarning ko‘rishini tiklash maqsadidagi tadqiqotlarda qo‘llanmoqda”, — deyiladi xabarda.

2025-yilda fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti Meri Brunkou, Fred Ramsdell va Sakagutiga “periferik immunologik tolerantlikka oid kashfiyotlari uchun” berilgandi.

“Nobel haftaligi” an’anaga ko‘ra aynan fiziologiya va tibbiyot sohasidagi laureatlarni e’lon qilish bilan boshlanadi. 6-oktabr kuni fizika, 7-oktabrda kimyo, 8-oktabrda esa adabiyot bo‘yicha sovrindorlar ma’lum bo‘ladi. Tinchlik mukofoti sohibi 9-oktabrda e’lon qilinadi. 1969-yilda Shvetsiya banki tomonidan ta’sis etilgan Alfred Nobel xotirasiga bag‘ishlangan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha mukofot esa 12-oktabr kuni o‘z egalarini topadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.