FIDE va Total Chess reytinglari: Abdusattorov va Sindorovning oʻrinlari almashdi
Total Chess’da FIDE kabi uchta alohida reyting o‘rniga maxsus matematik metodologiya yordamida hisoblangan yagona ko‘rsatkich taklif etiladi.

**FIDE va Total Chess reytinglari: Abdusattorov va Sindorovning oʻrinlari almashdi**
Total Chess noyabr oyi uchun yangi umumiy reyting jadvalini eʼlon qildi. Unda shahmatchilar klassik, rapid va blits reytinglari asosida baholangan.
FIDEʼning rasmiy klassik reytingi bilan taqqoslaganda, qiziqarli farqlar bor.
Total Chess — klassik shaxmat, tezkor shaxmat (rapid) va blits shaxmatni yagona musobaqaga birlashtiradigan hamda umumiy reyting tizimini joriy etuvchi yangi xalqaro shaxmat loyihasi va konsepsiyasi. Ushbu loyiha shahmatchilarni uch xil vaqt nazoratidagi reytinglari asosida baholaydi.
Uchta alohida FIDE reytingi — klassik, tezkor va blits — o‘rniga London Qirollik kolleji professori Mehmet Mars Seven tomonidan ishlab chiqilgan maxsus matematik metodologiya yordamida hisoblangan yagona ko‘rsatkich taklif etiladi.

