Mahalliy

Farğonada bir haftada ikki oilaning 12 aʼzosi is gazidan vafot etdi

25-oktabr kuni Farğona tumani Çimyon qişloğida bir oilaning 7 aʼzosi, 1-noyabr kuni Qöqon şahrida bir oilaning 5 aʼzosi is gazidan zaharlanib, halok bölgan. Farğona viloyati FVB öz xonadoniga Germaniyaning Vaillant rusumli ikki konturli isitiş qozonini örnatganlarni bu vositadan hoziroq voz keçişga çaqirmoqda.

Farğonada bir haftada ikki oilaning 12 aʼzosi is gazidan vafot etdi

Qöqon şahrida bir oilaning 5 aʼzosi is gazidan zaharlanib, hayotdan köz yumdi.

Maʼlum bölişiça, hodisa 1-noyabr kuni Qöqon şahrining Çarxiy mavzesidagi xonadonlardan birida yuz bergan. Bir oilaning 5 aʼzosi nomaʼlum etimologik moddadan zaharlanib, vafot etgani aniqlangan.

Vafot etganlarning 3 nafari (7, 3 va 1 yoşli) voyaga yetmagan qizaloqlar bölgan.

Örganiş jarayonida uşbu xonadonga Germaniyaning Vaillant rusumli ikki konturli isitiş qozoni örnatilgani, uning dudburoni örnatilgan joyidan çiqib ketgani maʼlum böldi.

Farğona viloyati FVB aholiga murojaat qilib, kim öz xonadoniga Vaillant qozonini örnatgan bölsa, hoziroq undan voz keçishga çaqirdi.

Boşqarmaga köra, Germaniyaning Vaillant rusumli ikki konturli isitiş qozonlari xizmat vazifasini ötab bölgan.

“Nemislar avval uni işlatib bölişib, utilizatsiyaga topşirgan, foydalanişga yaroqsiz eski moslama hisoblanadi. Biroq, u ayrim uddaburon “tadbirkorlar” tomonidan Özbekistonga ehtiyot qismlari sifatida noqonuniy yöllar bilan olib kirilgan. Uşbu foydalanişga yaroqsiz vositalar qölbola uslubda qayta jihozlanib, göyoki xarid uçun yangi holatga keltirilgan va fuqarolarga aldov yöli bilan sotilgan”, deyiladi xabarda.

Qöşimça qilinişiça, Vaillant qozonlari uning ajralmas qismi bölgan haqiqiy dudburonsiz olib kirilgan. Ularning örniga işlaş jarayoniga mutlaqo mos kelmaydigan, yuqori harorat taʼsirida qattiqlik xususiyatini yöqotadigan polietilen quvurlar örnatilgan.

Xabarda 25-oktabr kuni Farğona tumanining Çimyon qişloğida bir oilada 7 aʼzo, 1-noyabr kuni esa Qöqon şahrida 5 kişi is gazidan zaharlanib vafot etgani aytilgan.

FVB aholidan xonadoniga Vaillant qozonlarini aslo örnatmaslikni, boşqa turdagi isitiş vositalarini ham mutaxassis iştirokida sifat sertifikati, işlatiş yöriqnomasi hamda foydalanişga yaroqliligini jiddiy tekşirib olgan holda örnatişni söragan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.