Farğona şahrida boğça bolalari ovqatdan zaharlangani gumon qilinmoqda
Farğona şahridagi 3 ta boğçaning 51 nafar tarbiyalanuvçisi tana harorati kötarilişi, qorin sohasida oğriq, holsizlik, köngil aynişi va iç ketişi kabi şikoyatlar bilan şifoxonaga murojaat qilgan. Hozirda ularning 28 nafari yuqumli kasalliklar şifoxonasida qolmoqda.

Farğona şahrida boğça bolalari ovqatdan zaharlangani gumon qilinmoqda
Farğona şahrida boğça bolalari ovqatdan zaharlangani gumon qilinmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi bu holat bo‘yicha rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinişiça, shahardagi 2, 7 va 47-sonli maktabgaça taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvçilari tana haroratining kötarilişi, qorin sohasida oğriq, holsizlik, köngil aynişi va iç ketishi kabi şikoyatlar bilan Farğona viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasiga murojaat qilgan.
Dastlabki epidemiologik suriştiruvlar uchun uşbu boğçalarda bolalar isteʼmol qilgan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar örganilgan. Jumladan, nonuşta, tuşlik hamda keçki tamaddida isteʼmol qilingan mahsulotlar, uşbu mahsulotlarni yetkazib beruvçiler aniqlangan.
“Oziq-ovqat mahsulotlari hamda tayyor taomlardan bakteriologik tekşiruvlar uchun namunalar olingan. Ayni vaqtda epidemiologik suriştiruv va laboratoriya tekşiruvlari davom etmoqda”, deyiladi munosabatda.
Qöşimça qilinişiça, 26-oktabr soat 11:00 holatiga 28 nafar bola yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanmoqda. Ularning umumiy ahvoli barqaror, oğir ahvoldagi bemorlar yöqligi bildirilgan.
Şuningdek, 23 nafar bolaning umumiy ahvoli qoniqarli deb baholanganligi sababli ularga uy şaroitida davolaniş uchun ruxsat etilgan.
Farğonada avvalroq ham boğçalarda bolalar ommaviy zaharlangandi
Keyinçalik Farğona va Quvasoy şaharlaridagi davlat boğçalariga keytering asosida ovqat yetkazib bergan firma heç qanday tanlovsiz viloyat hokimi imzolagan qaror bilan uşbu imkoniyatni qölga kiritgani aniqlangandi.

