Mahalliy

Uchko‘prikda ovqatdan zaharlanganlar soni 60 nafarga yaqinlashdi

Og‘ir va reanimatsion bemorlar yo‘q. Holat yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda

Uchko‘prikda ovqatdan zaharlanganlar soni 60 nafarga yaqinlashdi

Uchko‘prik tumanida ovqatdan zaharlanishda gumon qilinganlar soni 57 nafarga yetdi. Bu haqda Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi xabar berdi.

2026 yil 17–18-sentyabr kunlari Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida yashovchi fuqarolar holsizlik, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kabi shikoyatlar bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Soat 20:00 holatiga ko‘ra, 57 nafar fuqaro tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki epidemiologik surishtiruv davomida murojaat qilgan fuqarolar Uchko‘prik tumani Navro‘zshoh ko‘chasida joylashgan fast-fud mahsulotlari tayyorlaydigan shoxobchalardan birida xot-dog va non-burger kabi mahsulotlarni iste’mol qilgani aniqlangan.

Shifokorlar bemorlarda ovqatdan zaharlanish holatiga gumon qilgan. Og‘ir va reanimatsion bemorlar yo‘q.

Holat bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.