Mahalliy

Uchkoʻprikda oʻnlab kishilar fast-fuddan zaharlandi

Yemakxona faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan.

Uchkoʻprikda fast-fuddan oʻnlab odam zaharlandi

Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumanida ovqatdan zaharlanishda gumon qilingan 31 nafar fuqaro shifoxonaga joylashtirildi. Bu haqda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi maʼlum qildi.

Bildirilishicha, 17–18-sentabr kunlari Uchkoʻprik tumanida yashovchi fuqarolar holsizlik, koʻngil aynishi va ich ketishi kabi shikoyatlar bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Dastlabki epidemiologik surishtiruvda murojaat qilganlar Uchkoʻprik tumani Navroʻzshoh koʻchasida joylashgan fast-fud mahsulotlari tayyorlaydigan shoxobchalardan birida hot-dog va non-burger kabi taomlarni isteʼmol qilgani aniqlangan.

Shifokorlar bemorlarda ovqatdan zaharlanish holatiga gumon qilgan.

18-sentabr kuni soat 17:00 holatiga jami 37 nafar fuqaro tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan, ulardan 31 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

«Hozirda bemorlarga malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy yordam koʻrsatilmoqda. Holat yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Gumondagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda bemorlardan tekshiruv oʻtkazish uchun tegishli namunalar olingan va tegishli laboratoriyalarda tekshirilmoqda», – deyiladi xabarda.

Tadbirkorlik subekti faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha toʻxtatildi.

Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berilishi qayd etilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.