Mahalliy

Farg‘onadagi obodonlashtirish boshqarmasidagi talon-torojliklar fosh etildi

Ular amalda bajarilmagan ishlarga 283 tonna asfalt qo‘shib yozilib, 158,7 mln so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj

Farg‘onadagi obodonlashtirish boshqarmasida talon-torojlik holatlari aniqlandi

Qo‘shtepa tumani Obodonlashtirish boshqarmasida talon-torojliklar fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruvda aniqlanishicha, Qo‘shtepa tumani Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari «F.A.» xususiy korxonasi va «Q.Z.» MChJ o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq 3,9 mlrd so‘mlik 6 084 tonna asfalt xarid qilib, 26 ta MFY hududidagi 61 ta ko‘chaga amalda bajarilmagan ishlar uchun 283 tonna asfalt qo‘shib yozish orqali 158,7 mln so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.