Mahalliy

Fargʻona yoʻlidagi «A» yoʻlaklarga kameralar oʻrnatildi

Toshkentdagi Fargʻona yoʻli koʻchasining 6 kilometrli qismida avtobuslar uchun ajratilgan «A» yoʻlaklarda harakatni nazorat qiluvchi kameralar oʻrnatildi. Kameralar koʻchaning har ikki yoʻnalishini qamrab olgan.

Fargʻona yoʻlidagi «A» yoʻlaklarga kameralar oʻrnatildi

Xabarda aytilishicha, bu chora jamoat transportiga ustuvorlik berish hamda ajratilgan yoʻlaklardan foydalanish qoidalariga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan.

Poytaxtning boshqa koʻchalaridagi avtobus yoʻlaklarida ham nazorat kameralari bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda. Shu bilan birga, yangi BRT yoʻlaklari barpo etilib, jamoat transporti uchun ajratilgan yoʻlaklar tarmogʻi kengaytirilmoqda.

Xabarda avtobus yoʻlagini band qilish oʻnlab yoʻlovchilarning kechikishiga olib kelishi taʼkidlangan. Bitta avtobusda bir vaqtning oʻzida 50 nafardan ortiq yoʻlovchi boʻlishi mumkin. Avtomobil uning harakatiga toʻsqinlik qilsa, ishga, oʻqishga yoki boshqa manzilga ketayotgan yoʻlovchilar vaqt yoʻqotadi.

Ajratilgan yoʻlaklar avtobuslarning ortiqcha kechikishlarsiz harakatlanishi va qatnov jadvaliga rioya qilishini taʼminlash uchun moʻljallangan.

Xabarda eslatilishicha, soat 06:00 dan 23:00 gacha «A» yoʻlaklarda harakatlanish huquqiga ega boʻlmagan transport vositalarining ushbu yoʻlaklarda yurishi taqiqlanadi.

Haydovchilardan yoʻl belgilari va chiziqlari talablariga rioya qilish, taqiqlangan vaqtlarda avtobus yoʻlaklarini band qilmaslik soʻralgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.