Fargʻona viloyatida 500 gramm gashish musodara qilindi
Oltiariq tumanida 500 gramm gashishni 4 ming dollarga sotayotgan erkak qoʻlga olindi. Ekspertlar baholashiga koʻra, musodara qilingan modda 5 ming dozaga teng.

Fargʻona viloyatida 500 gramm gashish musodara qilindi
Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida 500 gramm gashishni 4 ming dollarga sotishga urinishda gumonlangan shaxs qoʻlga olindi. Operatsiya Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazildi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xabariga koʻra, qoʻlga olish yoshlar oʻrtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir doirasida amalga oshirilgan.
Oltiariq tumanida yashovchi, 1984 yilda tugʻilgan erkak shartli xaridorga koʻk rangli polietilen oʻramdagi nomaʼlum moddani sotayotgan vaqtida qoʻlga olindi.
Ekspert-kriminalistika markazining xulosasiga koʻra, olingan modda tarkibida faol komponent — tetragidrokannabinol mavjud boʻlib, u gashish ekanligi aniqlandi. Uning sof vazni 500 grammni tashkil etdi. Ekspertlarning baholashicha, bu miqdor taxminan 5 ming dozaga toʻgʻri keladi.
Mazkur holat yuzasidan Toʻraqoʻrgʻon tumani ichki ishlar boʻlimi huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

