Mahalliy

Farğonada 105 bolaning zaharlaniş işi: aybdorlar sud zalidan qamoqdan ozod qilindi

Farğonada 100 nafardan ortiq bolaning ommaviy zaharlanişiga sababçi bölgan “Garden catering trade” MÇJ mansabdorlariga hukm öqildi: sud ularga axloq tuzatiş işlari va ozodlikni çeklaş bilan boğliq jazo tayinlab, sud zalidan qamoqdan ozod qildi.

Farğonada 105 bolaning zaharlaniş ishi: aybdorlar sud zalidan qamoqdan ozod qilindi

Farğonada 100 nafardan ortiq bolaning ommaviy zaharlanişiga doir jinoyat ishi bo‘yicha 4 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi.

Jinoyat ishi doirasida Farğona va Quvasoy shaharlaridagi davlat boğçalariga keytering asosida ovqat yetkazib berish bilan shug‘ullangan “Garden catering trade” MÇJning rahbari, direktori, texnologi va hisobchisi sudlandi. Ular bolalarning ommaviy zaharlanişiga sabab bo‘lgan qilmishdan tashqari o‘g‘rilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, hujjatlarni qalbakilashtirish kabi jinoyatlarni sodir etishda ham aybli deb topilgan.

Ayblov

Sud hukmida keltirilishicha, “Garden catering trade” MÇJ mansabdorlari kunlik tuzilgan taomnomalarda bola sonini asossiz ravishda sunʼiy ko‘paytirib ko‘rsatib, bu haqda soxta hisobotlar shakllantirgan holda to‘lovga taqdim etish orqali 330,8 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Shuningdek, ular tarbiyalanuvchilar belgilangan meyor bo‘yicha isteʼmol qilishi kerak bo‘lgan 79 mln 853 ming so‘mlik 1 270 kg sariyog‘, 183,5 mln so‘mlik 2 447 kg go‘sht mahsulotlari go‘yoki bolalarga to‘liq berilgani haqida soxta maʼlumotlar kiritgan. So‘ngra jami 263 mln so‘mni to‘lovga taqdim etib, 594 mln so‘m byudjet mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

MÇJ tomonidan 35 mln so‘mlik elektr energiyasi ham yashirin ravishda talon-toroj qilinib, Quvasoy shahar elektr taʼminoti korxonasi manfaatlariga 105,8 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Bundan tashqari, MÇJ tayyor birinchi va ikkinchi taomlarning plitada saqlanish vaqti 2 soatdan oshmasligi hamda taomlar qayta isitishga etilmasligi kabi majburiyatlarni bajarmasdan, 2026-yil 20-fevralda Farğona shahridagi boğçalarga sifatsiz go‘shtli dölma ovqatini yetkazib bergan. Buning oqibatida 2026-yil 21-fevral kuni 105 nafar boğça bolasi ommaviy zaharlangan.

Qolaversa, MÇJ mansabdorlari Quvasoy shahar maktabgacha va maktab taʼlim bo‘limiga qarashli 22 ta boğçaga 2025-yil iyulda tuzilgan taomnomalarda 30 foizgacha bo‘lgan ustama mablag‘larini ortiqcha kiritishib, bu haqida soxta hisobotlar tuzishgan va to‘lovga taqdim etishgan. Buning ortidan 171 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilishgan.

Shuningdek, 2025-yil avgust oyida Marğilon, Quvasoy, Farğona shaharlari hamda Farğona va Quva tumanlaridagi 35 ta boğçaga yetkazib berilgan 53,4 mln so‘mlik tayyor ovqat mahsulotlari isteʼmolga yaroqsiz, deb topilib, jamiyatga qaytarib yuborilgan. Biroq, ushbu mahsulotlar tarbiyalanuvchilarga yetkazib berilganligi haqidagi soxta hisobotlar tuzilib, to‘lovga taqdim etilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.