Mahalliy

Farğonada önlab boğça bolalari yana zaharlandi – reportaj

Farğonada önlab boğça bolalari yana zaharlandi – reportaj

23-oktabr kuni Farğona şahridagi 3 ta boğçaning 51 nafar tarbiyalanuvçisi tana harorati kötarilişi, qorin sohasida oğriq, holsizlik, köngil aynişi va iç ketişi şikoyati bilan şifoxonaga murojaat qilgan. Hozirda ularning 20 nafardan ortiği yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanmoqda. Zaharlanişda gumon qilinayotgan har 3 boğçada bolalar öşa kuni “Chorvador” fermer xöjaligi tomonidan yetkazib berilgan sut mahsulotidan isteʼmol qilişgan.

Suriştiruvdan maʼlum bölişiça, tarbiyalanuvçilari zaharlangan 47-,2-,7-maktabgaça taʼlim taşkilotida ovqatlar öşa yerning özida tayyorlanadi. Har 3 boğçaga sut mahsulotlari bir vaqtning özida “Chorvador” fermer xöjaligi tomonidan yetkazib berilgan.

“

Ahvoli yomon edi...”

“23-oktabr kuni 47-boğçaga boradigan nevaram uyga holsizlanib keldi. Bir ozdan keyin tana harorati kötarildi. Paratsetamol berdik. Keçasi soat 11:00 dan keyin içi ketişni boşladi. Kamida sakkiz mahal “yugurdi”. Ertasi kuni ertalab şifoxonaga olib bordik.

Birinçi kuni içi qon aralaş keldi. Holatni körib özimiz ham qörqib ketdik. Bugunga kelib ahvoli ança yaxşilandi. Isitmalari tuşgan. Öşa kuni bolalar boğçada karam şörva, şavla va sut mahsuloti yeyişgan ekan”, deydi nevarasini şifoxonada davolatayotgan Umida Şaripova.

“

Ötkir diarieya taşxisi qöyilgan”

“23-oktabr kuni soat 17:00 dan boşlab şu kungaça viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga 51 ta murojaat bölgan. 51 nafar boğça tarbiyalanuvçisi oşqozon-içak tizimidagi buziliş bilan şifoxonamizga yotqizilgan. Hozirgi kunga kelib, hammasining holati qoniqarli. 31 nafari qoniqarli holatda uyiga ruxsat berildi. 20 nafari hozirça davolanişni davom ettiryapti. Holati qoniqarli, muolaja olişyapti. Bemorlarga ötkir diareya taşxisi qöyildi, lekin hammasida örta oğir, yengil keçişi, oğirlaşgan holatlar yöq. Reanimatsiyaga yotqizilgan bemorlar yöq”, deydi Farğona viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi şifokori Abduvali Isaqov.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.