Mahalliy

Faqat uy qurish yetarli emas: yangi loyihalarda maktab, bogʻcha va yashil hudud ham boʻlishi kerak

Yangi uy-joy loyihalarida maktab, bogʻcha, ijtimoiy obyektlar, yoʻl va infratuzilma birgalikda rejalashtirilishi, hududning kamida 30 foizi yashil maydon sifatida koʻzda tutilishi kerak. Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi shu haqda maʼlum qildi.

Faqat uy qurishning o‘zi kifoya emas: yangi loyihalarda maktab, bog‘cha va yashil hudud ham bo‘lishi kerak

Qo‘mitaga ko‘ra, qurilishi rejalashtirilayotgan har bir loyiha kompleks yondashuv asosida ko‘rib chiqilishi zarur. Ko‘p qavatli uylar bilan bir qatorda yashil hududlar, bolalar maydonchalari va avtoturargohlar ham hisobga olinishi lozim.

Shuningdek, yer maydoni bir gektargacha bo‘lgan kichik va zich qurilishlardan voz kechish kerakligi ta’kidlangan.

Qo‘mita hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlariga taqdim etilayotgan loyihalarni baholashda uchta asosiy mezonga e’tibor qaratmoqda.

Birinchisi — Bosh rejaga muvofiqlik.

Qurilish loyihasi hududning tasdiqlangan Bosh rejasiga mos bo‘lishi shart.

Ikkinchisi — kamida 30 foiz yashil hudud.

Qo‘mita yashil maydonlar shaharning ekologik muvozanatini saqlash va aholi uchun sog‘lom yashash muhitini yaratishda muhim ekanini qayd etgan.

Uchinchisi — binolar balandligining infratuzilmaga mosligi.

Uylarning qavatlar soni hududdagi kommunal va ijtimoiy infratuzilma imkoniyatlariga mutanosib bo‘lishi kerak.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.