Vatan Qurilish kompaniyasi: 3 000 ga yaqin xonadon oʻz egalariga topshirildi
2013-yilda tashkil etilgan Vatan Qurilish kompaniyasi 13 yil davomida Toshkent shahrida turar joy va tijorat koʻchmas mulki loyihalarini amalga oshirib kelmoqda. Kompaniya faoliyatining asosiy tamoyillari - sifatli qurilish, mijozlarga xizmat koʻrsatish, loyihalarni oʻz vaqtida topshirish va zamonaviy, qulay infratuzilmaga ega obyektlar yaratish.

**Vatan Qurilish kompaniyasi: 3 000 ga yaqin xonadon oʻz egalariga topshirildi**
**Vatan Qurilish’ning 13 yillik yoʻli**
Kompaniya shu davr mobaynida Yakkasaroy, Yunusobod va boshqa hududlarda bir qator loyihalarni amalga oshirdi. Ular orasida Yakkasaroy turar joy majmuasi (2015), Madrid turar joy majmuasi (2019), Yakkasaroy City Mall (2023), IKAT turar joy majmuasi (2024) kabi loyihalar bor.
**Yangi Qo‘yliq - faqat xonadon emas, toʻliq infratuzilmaga ega muhit**
Bugungi kunda kompaniyaning yirik loyihalaridan biri — Yangi Qo‘yliq turar joy majmuasi. Loyihaning umumiy maydoni qariyb 53 gektarni tashkil etadi.
Yangi Qo‘yliq Yangi Toshkent hududiga yaqin joylashuvi, transport va savdo imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Loyiha atrofida aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari, jumladan, Qo‘yliq Katta bozori va boshqa savdo nuqtalari mavjud.
Shu maʼnoda Yangi Qo‘yliq konsepsiyasi faqat yashash uchun xonadon xarid qilishni emas, balki kundalik hayot, tadbirkorlik, ishlash va investitsiya uchun qulay muhit yaratishni nazarda tutadi.
**Yangi Qo‘yliq 1 - sotuvi yakunlangan loyiha**
Vatan Qurilish’ning Yangi Qo‘yliq 1 loyihasi oʻz xaridorlariga topshirildi. Loyiha doirasida xonadon egalari uylarini qabul qilib olish bilan birga, kompaniya tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish va kadastr masalasiga ham eʼtibor qaratilgan.
Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, Yangi Qo‘yliq 1 loyihasi toʻliq sotilgan.
**Yangi Qo‘yliq 2 - yangi loyiha, yangi imkoniyatlar**
Yangi Qo‘yliq 1 loyihasi yakunlangach, Vatan Qurilish yangi bosqichga — Yangi Qo‘yliq 2 loyihasiga start berdi. Hozirda yangi loyihada qurilish ishlari jadal davom etmoqda va xonadonlar savdosi boshlangan.

