Mahalliy

Ertaga Toshkentda havo sifati yaxshilanishi kutilmoqda

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda. Xususan, 31 oktyabrdan 1 noyabrga

Ertaga Toshkentda havo sifati yaxshilanishi kutilmoqda

Ayni paytda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan uzluksiz nazorat qilinmoqda. Xususan, 31 oktyabrdan 1 noyabrga o‘tar kechasi Toshkent shahrida havo sifati yomonlashishi ehtimoli bor.

Prognozlarga ko‘ra, kechki, tungi va ertalabki soatlarda havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) bo‘yicha “nosog‘lom”, milliy havo sifati indeksi bo‘yicha esa “zarg‘aldoq” darajada bo‘lishi kutilmoqda.

Tunda havo haroratining pasayishi, kuchsiz shamol va harorat inversiyasi atmosferaning quyi qatlamlarida havo almashinuvini cheklaydi. Bu holat mahalliy va qo‘shni hududlarda shakllangan tashlamalarning tarqalishini sekinlashtirib, PM zarrachalarining yer yuzasiga yaqin qatlamda to‘planib qolishiga sharoit yaratishi mumkin.

Kunduzi havo haroratining oshishi va vertikal havo almashinuvining yaxshilanishi hisobiga inversiya kuchsizlanib, havo sifati asta-sekin yaxshilanishi kutilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.