Dunyo

Eronning yangi nişonlari: internet kabellaridan data-markazlargaça

AQŞ va Isroilning Eronga qarşi yangi zarbalar berişi mumkinligi haqidagi xabarlar mojaroning navbatdagi bosqiçi ehtimolini kuçaytirmoqda. Tehron esa javob hujumlari doirasini kengaytiriş bilan tahdid qilmoqda: gap Fors körfazidagi internet kabellari, data-markazlar va zamonaviy texnologiya obyektlari haqida ketmoqda. Bu haqda “Geosiyosat” dasturida söz boradi.

Eronning yangi nishonlari: internet kabellaridan data-markazlargacha

- Xabarlarga ko‘ra, AQSh va Isroil oraliq saylovlardan keyin Eronga yana zarba berish bo‘yicha aniq rejalar tuzgan. Eron javob zarbasida eskalatsiyani oshirishi mumkinmi, qanday nishonlar evaziga?

Birinchidan, 28-fevral kuni AQSh va Isroil kutilmaganda, Eron bilan muzokaralar davom etayotgan bir paytda, mamlakatga kuchli zarbalar berdi. Natijada Eron oliy rahbari Ali Xominaiy, uning oila a’zolarining katta qismi va mamlakat elitasining salmoqli qismi halok bo‘ldi. Buni noqonuniy o‘ldirish sifatida baholash kerak. Chunki AQShning o‘z qonunchiligi va xalqaro huquq nuqtayi nazaridan bunday harakatlarni oqlaydigan asoslar mavjud emas edi. Xususan, BMT Xavfsizlik Kengashining Eron davlat rahbarini o‘ldirishga yoki bunday harakatni oqlashga ruxsat beruvchi rezolyutsiyasi ham bo‘lmagan.

Shundan so‘ng AQSh va Isroil Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy zarbalar berdi. Biroq Vashington va Tel-Aviv o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erisha olmadi. Keyin esa ular harbiy bosim, iqtisodiy sanksiyalar va boshqa gibrid usullar orqali o‘z maqsadlariga erishishga urindi. Ya’ni harbiy yo‘l bilan erishilmagan natijalarga iqtisodiy bosim orqali erishish, sanksiyalar kutilgan samara bermagan taqdirda esa yana harbiy yoki boshqa vositalarni ishga solish harakatlari kuzatildi. Ammo bu urinishlar ham kutilgan natijani bermadi. Taxminan ikki hafta oldin Eron rasmiylari yangi ogohlantirish bilan chiqdi.

Ularning ta’kidlashicha, agar AQSh yoki Isroil Eronga yana hujum qilsa, Tehron mintaqadagi Amerika manfaatlariga aloqador infratuzilma obyektlariga zarba berishi mumkin. Bular qatoriga ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari — data-markazlar, serverlar, suvosti internet kabellari va AQShning geostrategik manfaatlariga xizmat qiluvchi boshqa inshootlar kiradi. Eron tomoni ushbu obyektlarning joylashuvi haqida yetarlicha ma’lumotga ega ekanini bildirdi. Ayrim bayonotlarda bu infratuzilmalarning umumiy qiymati qariyb 2 trillion dollarga baholangan.

Albatta, bu raqamning qanchalik asosli ekanini alohida tekshirish kerak. Biroq Yaqin Sharqdagi ko‘plab davlatlarda, jumladan, AQShning arab davlatlari orasidagi ittifoqchilari hududida ham Amerika manfaatlariga aloqador muhim infratuzilma obyektlari mavjud. Eronning ta’kidlashicha, Tehron shu paytgacha ushbu obyektlarga ataylab zarba bermagan. Bunga urushning yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik va boshqa harbiy nishonlarga e’tibor qaratish istagi sabab bo‘lgan. Ammo AQSh Eronga yana hujum qiladigan bo‘lsa, Eron mazkur infratuzilma obyektlarini ham nishonga olishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Ayrim taxminlarga ko‘ra, Binyamin Netanyahuning maqsadi Isroilda bo‘lib o‘tadigan saylovlardan bir-ikki hafta oldin urush bo‘shash va shu orqali jamoatchilik e’tiborini boshqa tomonga burish edi. Biroq bu masalada AQSh bilan kelishuvga erishilmadi. Endilikda esa 3-noyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlar arafasida Eronga qarshi yangi harbiy harakatlar ehtimoli yana kun tartibiga chiqmoqda. Ko‘plab tahlilchilar va kuzatuvchilarning fikricha, bu bayonotlar, avvalo, Eronga diplomatik bosim o‘tkazish vositasi bo‘lishi mumkin. Ya’ni Vashington shu yo‘l bilan Tehronni qayta muzokaralarga qaytarishga va o‘z talablarini qabul qildirishga urinayotgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.