Eron televideniesi aholiga yadroviy zarba paytida omon qolişni örgata boşladi
Eronda yadroviy zarba ehtimoli fonida aholi uçun favqulodda vaziyatlarda harakatlaniş yöriqnomasi eʼlon qilindi. Davlat televideniesi aholiga portlaş va radioaktiv zararlaniş holatlarida qanday himoyalaniş kerakligini tuşuntirdi.

Eron televideniesi aholiga yadroviy zarba paytida omon qolishni o‘rgata boshladi
Eron davlat televideniesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholi uchun amal qilinishi lozim bo‘lgan yo‘riqnomani namoyish etdi, deb xabar berdi Al Arabiya.
Eronliklarga chaqnashga qaramaslik, to‘siq ortiga yashirinish, yerga yotish hamda bosh va yuzni to‘sish tavsiya etilgan. Zarba to‘lqini o‘tib ketgach, eng yaqin binoga kirish hamda deraza va tashqi devorlardan uzoqroq turish zarur. Portlashni tomosha qilish yoki uni telefonda tasvirga olish uchun ko‘chada qolish tavsiya etilmagan.
Radioaktiv zararlanish holatida ustki kiyimning changini qoqmasdan yechish, uni germetik paketga solib qo‘yish hamda iliq suv va sovun bilan dush qabul qilish lozim. Agar dush qabul qilishning imkoni bo‘lmasa, terining ochiq qismlarini suv yoki nam salfetkalar bilan artib tozalash kerak. Bino ichida deraza va eshiklarni yopish, ventilyatsiyani o‘chirish, qadoqlangan suv va yopiq o‘ramdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish maslahat beriladi. Boshpanada kamida 24 soat qolish va u yerdan faqat hukumat ko‘rsatmalaridan so‘ng chiqish talab etiladi.
Ushbu yo‘riqnoma AQSh tomonidan Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llanilishi mumkinligi haqidagi bayonotlar fonida paydo bo‘ldi. 2-noyabr kuni jurnalist Taker Karlson AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning bosimi ostida go‘yoki shunday zarba berishi mumkinligi haqida aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi qaror 7-noyabrga qadar qabul qilinishi mumkin. Karlson ehtimoliy nishon sifatida Natanz yaqinidagi Kolang-Gaz-La tog‘ida joylashgan yerosti inshootini ko‘rsatdi. Jurnalistning ta’kidlashicha, Isroil razvedkasi Tehron u yerda uranni boyitish ishlarini qayta tiklagan deb hisoblamoqda. Obyekt taxminan 100 metr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, hatto Amerikaning bunkerga qarshi bombalari bilan ham uni yakson qilib bo‘lmaydi.
15-oktabr kuni Newsmax telekanaliga bergan intervyusida Tramp Eronga qarshi taktik yadroviy qurol qo‘llanilishini istisno qilgan edi. «Men yadroviy qurol qo‘llamagan bo‘lardim. Bizga buning keragi yo‘q», - dedi u. Shu bilan birga, u mamlakatning mustahkamlangan yerosti obyektlariga yangi zarbalar berilishi mumkinligini ham istisno etmadi.

