Eron diplomatlarining Samarqand haqidagi bayonotlari – tahlilçilar nazarida

Eron diplomatlarining Samarqand haqidagi bayonotlari – tahlilchilar nazarida
Kun.uz’ning “Geosiyosat” dasturining bugungi jonli efirida Eron elchixonalarining “Samarqand – fors madaniy merosi” degan bayonotlari ham muhokama qilindi.
Muhokamada ayrim ekspertlar buni ehtiyotkorlik deb baholagan bo‘lsa, boshqalar bunday yondashuv Tehronning yashirin imperialistik ambitsiyalaridan darak beradi, degan fikrni bildirdi.
Biroq tahlilchilar bir fikrda yakdil: Samarqand me’morchiligini faqat fors sivilizatsiyasiga bog‘lash Temuriylarning tarixiy rolini chetda qoldiradi.
Bundan tashqari, Eron hokimiyatida turkiylarning bo‘lishi Amir Temurdan ham avvalroqqa borib taqaladi va hozirgacha davom etib kelmoqda.
24-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Eronning Toshkentdagi elchisini chaqirib, bir nechta elchixonalarning Registonni “fors merosi” degan postlarini o‘chirishni talab qildi.

