Mahalliy

Samarqand viloyatidagi asrlik chinorlarga tabiat yodgorligi maqomi berildi

Samarqand viloyatida asrlik chinorlarga tabiat yodgorligi maqomi berildi

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida yoshi 100 dan oshgan chinorlar davlat tabiat yodgorligi maqomini oldi. Ushbu daraxtlar davlat muhofazasiga olindi.

Tumanda yashil hududlarni asrash chora-tadbirlari doirasida qimmatbaho daraxtlarni aniqlash ishlari davom etmoqda. Xususan, ekoinspektorlar Koʻkgumbaz va Xolvoy mahallalari hududlarini oʻrganib, u yerda yoshi bir asrdan oshgan chinorlarni aniqladilar.

Aynan ushbu daraxtlarga Jomboy tumani hokimi qarori bilan "Davlat tabiat yodgorligi" maqomi berildi. Endilikda ular davlat muhofazasida boʻladi.

Mutaxassislar ekologik va tarixiy qiymatga ega daraxtlarni aniqlash maqsadida tumanning boshqa hududlarini ham oʻrganishda davom etmoqdalar.

Bundan avval "Oʻzbekkosmos" 2009 yilda asrlik chinorlar ommaviy ravishda kesib tashlangan Amir Temur xiyoboni bir necha yil davomida qanday oʻzgarganini koinotdan koʻrsatgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.