Emoji, muddat, vebinar – 41 ta xorijiy atamaning oʻzbekcha ekvivalenti tasdiqlandi

Emoji, muddat, vebinar — Oʻzbekistonda 41 ta xorijiy atamaning oʻzbekcha ekvivalentlari tasdiqlandi. Terminologiya komissiyasi oʻzbek tili normalariga asoslangan yangi soʻzlar va atamalar roʻyxatini tayyorladi. 41 ta xorijiy atamaning oʻzbekcha ekvivalentlari rasman joriy etildi.
Tasdiqlangan atamalar orasida:
intermission — tanaffus;
banquet — ziyofat;
qavslar — tishsim;
brand — xosnom;
webinar — vebyigʻin;
sensor — sezgich;
deadline — soʻngmuddat;
decoration — sahnabezak;
mixer — qoʻrgʻich;
tent — chodir;
space — boʻshliq;
foam — poʻkak;
sink — chanoq;
sale — arzonsotuv;
Symptom — belgi, alomat;
Sprompter — shivirchi;
Freelancer — erkin ishchi;
Emoji — hisbelgi;
Hashtag — kalitso‘z;
Hostel — qo‘noquy.
Terminologiya komissiyasi yangi atamalarni joriy etish o‘zbek tilining ilmiy va rasmiy sohalardagi imkoniyatlarini kengaytirish, terminologiyani soddalashtirish va davlat tilining maqomini mustahkamlashga qaratilganligini ta’kidladi.
Shuningdek, iyun oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi o‘zbek lotin alifbosini isloh qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Ushbu hujjatda 26 ta harf va uchta harf kombinatsiyasidan iborat alifbodan 28 ta harf va bitta apostrof tizimiga o‘tish taklif qilingan.

