«Emmi-2026» gʻoliblari maʼlum boʻldi
HBO Max platformasining «Pitt kasalxonasi» (The Pitt) tibbiy dramasi «Emmi» mukofotining oltita yoʻnalishida gʻolib boʻldi. Serial ikkinchi yil ketma-ket «Eng yaxshi dramatik serial» deb topildi.

«Emmi-2026» gʻoliblari aniqlandi
Televideniye sohasidagi nufuzli «Emmi» mukofotining gʻoliblari 15-sentabrga oʻtar kechasi Los-Anjelesda eʼlon qilindi.
Amerikaning HBO Max platformasi taqdim etgan «Pitt kasalxonasi» (The Pitt) tibbiy seriali turli yoʻnalishlarda jami oltita «Emmi» mukofotini qoʻlga kiritdi. Jumladan, loyiha ikkinchi yil ketma-ket «Eng yaxshi dramatik serial» nominatsiyasida gʻolib boʻldi.
Serialda bosh rolni ijro etgan Noa Uayli ham ikkinchi yil ketma-ket dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun «Emmi»ga sazovor boʻldi. Ernest Xarden kichik esa eng yaxshi taklif etilgan aktyor deb topildi.
«Pitt kasalxonasi» dramatik serial uchun eng yaxshi aktyorlar tarkibini tanlash va eng yaxshi plastik grim yoʻnalishlarida ham mukofot oldi.
Dramatik serialdagi eng yaxshi ayol roli uchun «Emmi» Pluribus («Koʻplardan biri») serialidagi roli uchun amerikalik aktrisa Rey Sixornga topshirildi. Ellison Jenni esa «Diplomat» (The Diplomat) serialidagi roli uchun eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa deb topildi.
HBO Maxʼning oʻrta yoshli insonlar oʻrtasidagi muhabbat uchburchagi va uning fojiali yakunlanishi haqida hikoya qiluvchi DTF St. Louis seriali «Eng yaxshi mini-serial» nominatsiyasida gʻolib chiqdi.
Mini-serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun mukofot The Beast in Me loyihasidagi ijrosi uchun Mettyu Rizga nasib etdi.
Widowʼs Bay esa yilning eng yaxshi komediya seriali deb topildi.

