Dunyo

«Elçixonalarimizning murojaati Amerikaga qaratilgandi» – Eron Özbekistonning eʼtirozlariga javob berdi

Eron Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Baqoiy elçixonalarning Samarqand haqidagi kinoyali postlari AQŞga qaratilganini aytdi. Uning bu fikri Özbekiston Eron elçisini çaqirtirib, postlarni öçirişni talab qilganidan uç kun ötib yangradi.

«Elçixonalarimizning murojaati Amerikaga qaratilgandi» – Eron O‘zbekistonning e’tirozlariga javob berdi

Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Baqoiy Samarqand merosi yuzasidan O‘zbekiston bilan kelib chiqqan diplomatik bahsga munosabat bildirdi. 26-oktabr kuni Tehronda o‘tkazilgan brifingda jurnalistlardan biri AQSh davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga safari chog‘idagi suratlariga Eronning ayrim elchixonalari kinoyali postlar bilan munosabat bildirganini eslatdi.

Savol beruvchi bu holat O‘zbekistonning ayrim rasmiylarini ranjitgani aytilayotganini qayd etib, bu voqealar ikki davlat munosabatlariga ta’sir qilishi mumkinmi, deb so‘radi.

Ismoil Baqoiy javobini «Bir baytni keltirishga ijozat bering» degan so‘zlar bilan boshladi va Rudakiyning Buxoroga bag‘ishlangan mashhur she’ridan parcha keltirdi:

«Muliyon arig‘ining isi kelmoqda,

Mehribon yorning yodi kelmoqda.

Ey Buxoro, shod bo‘l, uzoq yasha,

Amir sen tomon shodumon kelmoqda».

«Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi rishta va bog‘liqlik bugungi yoki kechagi gap emas. Samarqand va Buxoro, Markaziy Osiyo, Kavkaz va Hindiston yarimorolidagi boshqa ko‘plab qadimiy joylar va shaharlar singari, Eronning boshqa xalqlar bilan umumiy tamaddun va madaniy merosining bir qismidir. Biz bu umumiy meros bilan faxrlanamiz. Bu umumiy merosni qo‘shni davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun zamin qilishimiz kerak.

Yuz bergan voqeada ayrim elchixonalardagi do‘stlarimizning murojaati Amerika tomoniga qaratilgandi. Ular amerikaliklarning Eron tamadduni, madaniyati va tarixiga nisbatan keskin gaplari va qo‘pol munosabati amalda qanchalik noto‘g‘ri va beo‘xshov ekanini eslatib o‘tmoqchi bo‘lgan. Umumiy eroniy-islomiy merosni mintaqaning har bir burchagida ko‘rish mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.