Elit OÇL. «Neftçi» sönggi daqiqada gol ötkazib, «Al-Ittihod»ga yutqazdi
Özbekiston çempioni Elit Osiyo Çempionlar Ligasi guruh bosqiçining 3-turida Saudiya Arabistoni vakili bilan 1:2 hisobini qayd etdi.

Elit OÇL. «Neftçi» so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib, «Al-Ittihod»ga yutqazdi
Farg‘onaning «Neftçi» klubi 26-oktabr kuni OFK Elit Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turida o‘z maydonida Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubini qabul qildi.
O‘yin boshida mezbonlar biroz ustunlikka ega bo‘ldi va 17-daqiqada Jamshid Iskanderov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 34-daqiqada Ussam Auar hisobni tenglashtirdi. O‘yin so‘nggi daqiqasida Yusuf En-Nesiri jarima zarbasini aniq amalga oshirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Bu natijadan so‘ng, Farg‘ona klubi 3 ochko bilan musobaqa jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.
«Neftçi» navbatdagi o‘yinni 2-noyabr kuni safarda Eronning «Traktor» klubiga qarshi o‘tkazadi. Bahs Ummon poytaxti Maskat shahrida bo‘lib o‘tadi.
«Neftçi» (O‘zbekiston) - «Al-Ittihod» (Saudiya Arabistoni) 1:2
Gollar: Jamshid Iskanderov (17 pen) - Ussam Auar (34), Yusuf En-Nesiri (90)
«Neftçi»: Botirali Ergashev, Mishel Augusto, Boyan Siger (Anvar G‘ofurov 46), Abror Ismoilov (Xurshid G‘iyosov 80), Vladimir Yovovich (Yan Sasse 46), Jamshid Iskanderov, Alisher Odilov (Ibrohimhalil Yo‘ldoshev 70), Farruh Sayfiev, Koffi Kuao, Ratino, Markus Forss.
«Al-Ittihod»: Predrag Raykovich, Danilo Luis, Richard Rios, Saad Al-Musa, Ussam Auar, Muhannad Al-Shanqitiy, Jorjino Veynaldum (Muxtor Ali 63), Faris Rifat, Dion Lopi (Ahmad Al-G‘amdiy 73), Stiven Bergveyn (Marvan Al-Sahafiy 73), Jorj Ilenixena (Yusuf En-Nesiri 63)

