Dunyo

Efiopiya Tigraydagi urush fonida Rossiyaning qiruvchi samolyotlari va havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib oldi

Xarbiy samolyotlarning sotib olinishi oʻtgan oyda shimoliy Tigray mintaqasida boshlangan va hamon davom etayotgan harbiy harakatlar fonida yuz bermoqda.

Efiopiya Tigraydagi urush fonida Rossiya qiruvchi samolyotlari va havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib oldi

Qiruvchi samolyotlarning sotib olinishi Eritreya bilan davom etayotgan keskinlik manzarasida yuz bermoqda

Eritreya bilan chegaradosh shimoliy Tigray mintaqasida janglar avj olgan bir paytda Efiopiya Rossiyadan 12 ta Su-35 qiruvchi samolyotini qabul qilib oldi.

Moskvadagi Rossiya-Afrika sammitida ishtirok etayotgan Bosh vazir Abiy Ahmed ushbu xaridni Efiopiyaning mudofaa salohiyatini mustahkamlaydigan "muhim bosqich" deb atadi.

Uning aytishicha, Efiopiya va Rossiya bir necha yil oldin kelishuvga erishgan va harbiy samolyotlar rejalashtirilganidan oldin yetib kelgan. U, shuningdek, Efiopiya Moskvadan toʻrtta S-400 havo hujumidan mudofaa tizimini sotib olishni rejalashtirayotganini aytdi.

Efiopiya yetakchisining taʼkidlashicha, harbiy texnika mamlakatni tashqi tahdidlardan himoya qilish uchun zarur.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinni "Efiopiyaning yaqin doʻsti" deb taʼriflagan Abiy Efiopiya Sahroi Kabirdan janubdagi Afrikada bunday "ilgʻor jangovar texnologiyaga" ega boʻlgan birinchi mamlakatga aylanganini aytdi.

"Agar biz bu salohiyatni barpo eta olmasak, mintaqamizda mamlakat sifatida omon qolish qiyinlashadi. Yetarlicha tayyorgarlikka ega boʻlgan mamlakatlarga lesonchalik past nazar bilan qarab boʻlmaydi", dedi u.

Rossiya va Efiopiya soʻnggi yillarda bir nechta harbiy kelishuvlarni, jumladan, 2021 yilda harbiylarni tayyorlash va ularning texnologiyalarini takomillashtirish boʻyicha bitim tuzgan.

Abiyning aytishicha, Efiopiya dunyo havo kuchlari tendentsiyalari va mamlakat duch kelayotgan xavfsizlik tahdidlarini hisobga olgan holda Su-35 samolyotlari va S-400 tizimlarini olish boʻyicha Rossiya bilan bir necha yil oldin shartnoma imzolagan.

Uning taʼkidlashicha, Su-35 ham havodagi, ham yerdagi nishonlarga qarshi jangovar harakatlar uchun moʻljallangan boʻlib, 200 kilometrgacha boʻlgan masofada yaqinlashayotgan kanatli raketalarni aniqlashi va yoʻq qilishi mumkin.

Harbiy razvedka tahlilchisi Qalaab Segatu BBC Amharic xizmatiga bergan intervyusida Efiopiyaning koʻproq harbiy samolyotlar sotib olishi "u nafaqat ichki nizolarga, balki boshqa mamlakatlar bilan mumkin boʻlgan urushlarga ham tayyorgarlik koʻrayotganining" asosiy belgisi ekanini aytdi.

Uning aytishicha, qiruvchi samolyotlar yuqori manyovr afzalligiga ega va katta hududlarni qamrab olishi mumkin, ularning radarlari esa havoda ustunlikni taʼminlash va uzoq masofali skanerlashni amalga oshirishga qodir.

Qiruvchi samolyotlar va havo hujumidan mudofaa tizimlari birgalikda "yirik shaharlar va Qayta tiklanish toʻgʻoni kabi muhim infratuzilmani himoya qilish va mudofaa qilish uchun sezilarli imkoniyat yaratadi hamda asosiy strategik havo ustunligini taʼminlaydi", dedi Qalaab.

Abiyning aytishicha, Rossiya samolyotlarining ilgʻor imkoniyatlaridan tashqari, dronlar ham tiyib turish kuchini mustahkamlashda juda muhimdir.

Efiopiya yaqindagi nizolarda harbiy dronlardan, jumladan Turkiya va Xitoydan olingan dronlardan keng foydalandi.

"Biz nafaqat dronlar, balki Su-30 va Su-35 [samolyotlarining] toʻrttinchi avlod imkoniyatlari bilan ham salohiyatimizni oshirishimiz kerak", dedi Abiy.

Rossiyaning soʻnggi harbiy texnikasining xarid qilinishi oʻtgan oyda shimoliy Tigrayda hukumat va Tigrayni nazorat qiluvchi partiya — Tigray xalq ozodlik fronti (TXOF) oʻrtasida boshlangan joriy mojarodan keyin amalga oshirildi.

Ikkala tomon ham bir-birini fuqarolar urushini tugatgan 2022 yilgi kelishuvni buzganlikda ayblamoqda.

Efiopiya Eritreyani TXOFni qoʻllab-quvvatlashda ayblaydi, Eritreya esa buni rad etadi.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi keskinlik davom etmoqda, chunki Abiy Efiopiyaning dengizga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish yoʻli yoʻqligini "hayot-mamot masalasi" deb taʼriflaydi, Eritreya esa buni oʻz suverenitetiga bevosita tahdid sifatida koʻradi.

Eritreya Efiopiya bilan oʻnlab yillar davom etgan urushdan soʻng 1993 yilda mustaqillikka erishdi va Efiopiyani dengizga chiqish imkoniyatisiz qoldirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.