Dunyo

Dunyodagi eng katta elektr parom yölovçi taşişni boşladi

Janubiy Amerikada dunyodagi eng katta, töliq akkumulyatorda işlaydigan elektr parom tijoriy qatnovga çiqdi. Uzunligi 130 metr bölgan China Zorrilla kemasi Argentina va Urugvay örtasida bir yöla 2100 nafargaça yölovçi hamda 225 ta avtomobil taşişga möljallangan.

Dunyodagi eng yirik elektr parom yo‘lovchi tashishni boshladi

China Zorrilla paromini Avstraliyaning Incat Tasmania kemasozlik korxonasi Buquebus operatori buyurtmasi asosida qurgan. Kema ilk tijoriy qatnovini Argentina poytaxti Buenos-Ayres va Urugvayning Koloniya-del-Sakramento shaharlari o‘rtasida amalga oshirdi. La-Plata qo‘ltig‘i orqali o‘tadigan yo‘nalishning uzunligi taxminan 55 kilometrni tashkil etadi.

Paromni foydalanishga topshirish marosimi 21-oktabr kuni Buenos-Ayresda o‘tkazilgan. Shundan so‘ng kema yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshlagan. Incat ma’lumotiga ko‘ra, China Zorrilla to‘liq akkumulyator elektr energiyasida ishlaydigan dunyodagi eng katta kemadir.

Ulkan paromni harakatga keltirish uchun bortga umumiy og‘irligi 250 tonnadan ortiq akkumulyator batareyalari o‘rnatilgan. Ularning jami energiya sig‘imi 40 megavatt-soatdan ziyod.

Batareyalarda to‘plangan elektr energiyasi sakkizta elektr yuritmali suvpurkagichga uzatiladi. Ushbu qurilmalar suv oqimini orqaga yo‘naltirib, kemani oldinga harakatlantiradi. Shu tariqa parom butun qatnov davomida akkumulyatorlardagi energiyadan foydalanadi.

Kema yo‘lovchilar bilan birga avtomobillarni ham manzilga yetkazadi. Uning sig‘imi bir vaqtning o‘zida 2100 nafargacha yo‘lovchi va 225 ta transport vositasini qabul qilish imkonini beradi.

Bortda yo‘lovchilarning safar davomida dam olishi uchun maxsus joylar tashkil etilgan. Shuningdek, qariyb 2300 kvadrat metr maydonni egallagan bojsiz savdo hududi ham mavjud.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.