Dunyo

Dunyoda haydaladigan yerlar eng koʻp boʻlgan 15 davlat maʼlum qilindi

Hindiston dunyoda eng katta haydaladigan yer maydoniga ega davlat sifatida qayd etildi. Mamlakatda bunday yerlar qariyb 154 mln gektarni tashkil etadi. Keyingi oʻrinlarni AQSH, Rossiya va Xitoy egallagan.

Dunyoda eng koʻp haydaladigan yerlarga ega boʻlgan 15 ta davlat aniqlandi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) maʼlumotlariga asoslanib, haydaladigan yerlar maydoni boʻyicha eng yirik davlatlar reytingi tuzildi.

Unga koʻra, Hindiston qariyb 154 million gektar yer bilan birinchi oʻrinni egalladi. Qoʻshma Shtatlarda haydaladigan yerlar maydoni taxminan 152 million gektarni tashkil etib, mamlakat reytingda ikkinchi oʻrinni band qildi.

Rossiya 122 million gektar bilan uchinchi, Xitoy esa 108 million gektar bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Keyingi oʻrinlarda Braziliya 55,6 million gektar, Argentina 40,4 million gektar va Kanada 38,2 million gektar koʻrsatkich bilan qayd etildi.

Nigeriyada haydaladigan yerlar maydoni 36,9 million gektarni tashkil etadi. Ukrainada bu koʻrsatkich 32,9 million gektar, Avstraliyada esa qariyb 31 million gektarga teng.

Reytingning kuchli oʻn beshtaligiga Pokiston, Qozogʻiston, Sudan, Meksika va Indoneziya ham kirdi. Ularda haydaladigan yerlar maydoni Pokistondagi qariyb 30 million gektardan Indoneziyadagi 17,8 million gektargacha boʻlgan oraliqni tashkil etadi.

FAO taʼrifiga koʻra, haydaladigan yerlar qatoriga vaqtinchalik qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtiriladigan maydonlar, vaqtinchalik oʻtloq va yaylovlar, shuningdek, vaqtincha shudgor holatida qoldirilgan yerlar kiradi.

Koʻp yillik ekinlar yetishtiriladigan maydonlar va doimiy yaylovlar esa ushbu koʻrsatkichga kiritilmaydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.