Mahalliy

Donasi 10 ming soʻmdan: vodiy choyxonalarida pishirilayotgan chumchuqlar haqida

Avvallari osmonni toʻldirib gala-gala boʻlib uchadigan chumchuqlar bugun ancha kamayib ketgandek.Kun.uz muxbiri chumchuq goʻshtidan turli xil taomlar tayyorlab sotayotgan oshxonalarni aniqlab, ayrim maʼlumotlarni toʻpladi, masala yuzasidan masʼullardan izoh oldi.

Donasi 10 ming soʻmdan: vodiy choyxonalarida pishirilayotgan chumchuqlar haqida

Surishtiruvni avvalo chumchuq goʻshti qaysi oshxonalarda tayyorlanayotgani haqida maʼlumot yigʻishdan boshladik. Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanidagi “Ulfatlar” oshxonasi, Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi oshxonalardan biri hamda Oltiariq tumani Zilha mahallasida joylashgan maxsus oshxona chumchuq goʻshtidan kabob va turli taomlar tayyorlab sotishini aniqladik. Yemakxona telefon raqamlarini topib, oʻzimizni mijoz sifatida tanishtirdik va oshpazlardan chumchuq goʻshtidan tayyorlangan ovqat bor-yoʻqligini soʻradik. Soʻragan taomimiz oshxonalarda bor ekan. Ayni kunlarda pishirilgan bir dona chumchuq 10 ming soʻmgacha sotilayotgani maʼlum boʻldi.

Telefon orqali suhbat chogʻida oshpazlardan chumchuqlar oshxonaga qayerdan olib kelinayotgani haqida ham soʻradik. Ular qushlar ovchilar tomonidan otilib, oshxonalarga tarqatilayotganini aytdi. Chumchuqlarni ovlayotgan ovchilarning telefon raqamlarini olishga qancha urinmaylik, buning uddasidan chiqa olmadik.

Chumchuq kabob tayyorlaydigan oshxonalarni izlab yoʻlga chiqdik.

Birinchi manzil Oltiariq tumani Zilha mahallasidagi oshxonalardan biri boʻldi. Bu ancha ovloq, atrofini majnuntollar pana qilib turadigan koʻl boʻyida qurilgan oshxona edi. Bu yerda baliq, chumchuq, qashqaldoqdan turli taomlar pishirilib sotilar ekan. Oshxona xodimiga oʻzimizni xoʻranda sifatida tanishtirib, ayrim maʼlumotlarni oldik.

Oshpaz sovitkichda saqlanayotgan 200 ta chumchuq goʻshtini koʻrsatib, donasini 8 ming soʻmdan dumba yogʻida pishirib berishini aytdi. Oshpazning aytishicha, chumchuqlar ovchilar tomonidan otib oʻldirilib, oshxonalarga topshiriladi. Oshpazdan ovchining telefon raqamini berishini qancha soʻramaylik, u raqamini hech kimga bera olmasligini, buni ovchining oʻzi tayinlaganini aytib, iltimosimizni rad etdi.

Keyingi manzil Buvayda tumani markazida joylashgan, chumchuq goʻshtidan taomlar tayyorlab sotish bilan shugʻullanadigan oshxona boʻldi. Oshxona ancha mashhur ekan. Mijozlari ham koʻp. Oshpazning, oshxona xodimlarining qoʻli qoʻliga tegmaydi. Pati tozalanib, bir parcha goʻsht holatiga kelgan chumchuqlar yogʻ bilan toʻla, qizigan katta qozonlarga solinyapti...

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.