«Dizayn shaharni qanday oʻzgartiradi» — ikkinchi Tashkent Design Week mavzusi. Tafsilotlar
Ikkinchi Tashkent Design Week 26 oktyabr — 1 noyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Bu yilgi haftalik Yangi Toshkentni rivojlantirish hamda shahar muhitini shakllantirishda arxitektura, dizayn va urbanizmning oʻrniga qaratilgan. Toshkentning modernistik merosi, shahar identigligi va taʼlimga alohida eʼtibor qaratiladi.

«Dizayn shaharni qanday oʻzgartiradi» — Tashkent Design Week ikkinchi mavsumining mavzusi shunday. Tafsilotlar
Arxitektorlar, dizaynerlar, urbanistlar, developerlar va kreativ industriya vakillarini birlashtiruvchi xalqaro platforma — Tashkent Design Week ikkinchi mavsumi poytaxtda 26 oktyabrdan 1 noyabrgacha boʻlib oʻtadi. Haftalikning mavzusi — «Dizayn shaharni qanday oʻzgartiradi».
Bu yil asosiy urgʻu Yangi Toshkentning rivojlanishiga hamda yangi shahar muhitini yaratishda arxitektura, dizayn va urbanizm qanday rol oʻynashiga qaratiladi. Tashkilotchilar Toshkentning modernistik merosiga, shahar identichligini saqlab qolishga, shuningdek, dizayn va arxitektura sohalaridagi taʼlimga alohida eʼtibor qaratilishini maʼlum qilishdi.
Loyiha Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi koʻmagida, Dizaynerlar va arxitektorlar hamjamiyati, Uzbekistan Creative Park, «Yangi Toshkent» direktsiyasi, Tashkent City Mall, Premium Concept dizayn markazi, UFDC va poytaxt hokimligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Dasturga public talks formatidagi muhokamalar, taqdimotlar, predmetli dizayn koʻrgazmasi, arxitektura loyihalari va shahar iventlari kiradi.
«Oʻzbekiston yetakchi xalqaro madaniy va dizayn maydonchalarida tobora faolroq namoyon boʻlmoqda, bu esa mahalliy ijodiy hamjamiyat va xalqaro professional muhit oʻrtasida yangi aloqalarni yaratmoqda. Ushbu muloqotni mamlakat ichida rivojlantirish ham kamroq muhim emas», — dedi Prezident administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm departamenti rahbari hamda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi Gayane Umerova.
Tadbirlar bir nechta maydonda boʻlib oʻtadi: Tashkent City Mall’dagi Design Atrium’da, Zamondosh sanʼat markazida, Premium Concept Showroom’da, Milliy bogʻda va Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyida. Qator lokatsiyalarda bir qator art-obʼyektlar ham rejalashtirilgan.
Haftalikning asosiy voqealaridan biri 2 million aholiga moʻljallangan poytaxt yonidagi shahar — Yangi Toshkent maketining namoyishi boʻladi.
Loyihada baland qavatli minoralar kompleksi va Zaha Hadid Architects arxitektura byurosi tomonidan ishlab chiqilgan Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro tadqiqot markazi taqdim etiladi. Markazda adabiyot muzeyi, tadqiqot va taʼlim maydonlari, shuningdek, madaniy tadbirlar uchun maydonchalar joylashadi.
«Yangi Toshkentning kelajagi faqat binolar bilan belgilanmaydi. Gap yangi shahar muhiti, identichlik va hayot sifatini yaratish haqida bormoqda. Dizayn bu jarayonda muhim rol oʻynaydi. Tashkent Design Week professional hamjamiyat ushbu qarashni muhokama qilishi va birgalikda shakllantirishi mumkin boʻlgan maydonni yaratadi», — dedi «Yangi Toshkent» direktsiyasi direktori Davronjon Odilov.
Public talks dasturi arxitektura strategiyalari, barqaror loyihalash, jamoat joylarini yaratishda texnologiyalarning roli, Yangi Toshkentning dizayn-kodini shakllantirish, shuningdek, Toshkent modernizmlari, uning shahar identichligi uchun ahamiyati va arxitektura merosini himoya qilishga bagʻishlanadi.
Ishtirokchilar texnologik innovatsiyalar, madaniy kontekst va shahar muhitini loyihalashga zamonaviy yondashuvlarni birlashtira oladigan mutaxassislarni tayyorlashni muhokama qiladilar.
«Arxitektura va dizayn taʼlim asosidan boshlanadi. Yangi avlod mutaxassislariga kiritilgan investitsiyalar shaharlarimiz va hamjamiyatlarimiz kelajagini belgilaydi. Biz Tashkent Design Week ikkinchi mavsumining ommaviy dasturi hamtashkilotchilari sifatida chiqish qilishdan va talabalarga professional muloqotning bir qismiga aylanish imkoniyatini taqdim etishdan mamnunmiz», — dedi Central Asian University Arxitektura va dizayn maktabi dekani Shukrullo Jahongirov.
Muhokamalarda ARC Architects arxitektori Bobir Qlichev, arxitektor-urbanist, SAD Studio asoschisi Mariya Sultanova, Lyudi Architects arxitektura byurosi vakillari, yapon arxitektori Tadao Andoning arxitektura kontseptsiyasi boʻyicha Oʻzbekiston Milliy muzeyi loyihasi ustida ishlayotgan Atelier Brückner (Germaniya) arxitektura va dizayn byurosi rahbari Shirin Bryukner, shuningdek, yangi shaharning bosh rejasi ustidagi ishlarni taqdim etadigan Cross Works xalqaro arxitektura va texnologik kompaniyasi vakili Hakan Agdja ishtirok etadi.
Tashkent Design Week 2026 predmetli ekspozitsiyasi mahalliy va xalqaro dizaynerlarning mebellari, interyer buyumlari va boshqa ishlarini birlashtiradi. Taqdim etilgan loyihalarda anʼanaviy hunarmandchilik amaliyotlari va materiallari yangicha talqinga ega boʻladi.
Ekspozitsiya mahalliy texnikalar va materiallar bilan ishlash madaniy kontekst, funktsionallik va mualliflik yondashuvini birlashtirgan holda, zamonaviy predmetli dizaynning bir qismiga qanday aylanishini koʻrsatadi.
Yeksponatlar orasida — J-Kim brendi asoschisi Jenya Kimning eksperimental stullari, ispan dizayneri Marivi Bombarellining mebellari va Igor Lipkinning Design 49 xalqaro studiyasi stollar mavjud.
27 oktyabrdan 31 oktyabrgacha City Activation dasturi mahalliy va xalqaro brendlarning 20 dan ortiq salon va shourumlarini birlashtiradi. Unga koʻrgazma loyihalari, yangi kollektsiyalar taqdimoti va Toshkentning turli maydonchalaridagi professional tadbirlar kiradi.
Voqealarning bir qismi oldindan roʻyxatdan oʻtish orqali ochiq boʻladi. Haftalikning asosiy maydonchalari oʻrtasida harakatlanish uchun shattl tashkil etiladi.
Oʻtgan yili Tashkent Design Week’ning birinchi mavsumi 1000 dan ortiq tashrif buyuruvchilarni, 30 dan ortiq tadbirlarni, 20 ta taqdimot va 41 ta spikerni yigʻdi. Tadbirlar shaharning 20 dan ortiq maydonida boʻlib oʻtdi, loyihaning raqamli qamrovi esa 6 million kishidan oshdi.
«Bu yil biz Yangi Toshkentni, mahalliy professional hamjamiyatlarni, biznesni, taʼlim institutlarini va xalqaro ishtirokchilarni birlashtirgan holda dasturni kengaytirmoqdamiz. Bizning maqsadimiz — haftalikni shahar bilan birga rivojlantirish va Oʻzbekiston dizayn industriyasidagi oʻzgarishlarni aks ettiruvchi platforma yaratishdir», — dedi Tashkent Design Week CEO’si Said Fazilov.

